Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida eng yaxshi afrikali futbolchi bo‘lgan yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"PSJ" o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida eng yaxshi afrikali futbolchi bo‘lgan yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Lequipe nashri xabariga ko‘ra, Fransiyaning "Lans" klubi yarim himoyachisi Seko Fofanaga "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar ushbu transfer bo‘yicha muzokara jarayonini boshlab yuborishgan.

Parijliklarning yangi sport direktori Luis Kampos ivuarlik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. O‘z navbatida, "Lans" yarim himoyachi uchun kamida 30 million yevro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Fofana o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi afrikalik futbolchisi deb topilgandi. Hozirgi jamoasi tarkibida yarim himoyachi 38 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol kiritgan va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 11:08, 24.06.2022.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик