Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Rasman: Zarrux Adashev UFC bilan shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qildi

Rasman: Zarrux Adashev UFC bilan shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Zarrux Adashev UFC bilan shartnomasi bekor qilinganini ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

"UFC bilan shartnomani bekor qildik va xayrlashdik. Birinchi jang uchun shartnoma imzolaganimdan keyinoq hammasi teskarisiga ketdi. Hammangiz ko‘rgansizlar buni.

Sog‘liqni joyiga keltirib, yilning oxirida janglarga qaytamiz. Va yana UFC bilan shartnoma imzolaymiz hamda sizlarni xursand qilishga yana harakat qilamiz. Hammaga katta rahmat", — deya yozdi Zarrux Adashev

Adashev UFC’da 4 ta jang o‘tkazgan. Promoushendagi ilk jangida 32 soniya ichida nokautga uchrab, Tayson Nemga mag‘lub bo‘lgan. Ikkinchi jangida Su Mudaerjiga ochkolar evaziga yutqazgandi. Uchinchi jangida Zarruxga amerikalik Rayan Benua raqiblik qilgan va o‘zbekistonlik sportchi g‘alaba qozongan. To‘rtinchi jangida esa yamaykalik Ode Osbornga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 1-raunddayoq nokautga uchradi.

Ma’lumot uchun, Zarrux UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. Samarqandlik sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:29, 25.06.2022.
O'qildi: 2562 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик