"Real Madrid"ning sobiq yulduzi Garet Beyl AQSHga yo‘l oladi. Xabarlarga ko‘ra, Uelslik futbol yulduzi MLSning "LA Gelaksi" jamoasi bilan kelishuvga erishgan.
Beylning tuzajak bitimi 1 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unda yana 18 oyga uzaytirish sharti mavjud bo‘ladi. 32 yoshli futbolchiga o‘yin amaliyoti kerak. Negaki, u Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etishni istaydi.