Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Messi kinoda rol o‘ynadi, Ronaldu TikTokni zabt etdi. Futbol yulduzlari ta’tilni qanday o‘tkazmoqda?

Messi kinoda rol o‘ynadi, Ronaldu TikTokni zabt etdi. Futbol yulduzlari ta’tilni qanday o‘tkazmoqda?

Baho:
+ | -

Joriy yilning may oyi o‘rtalarida Yevropada milliy chempionatlar yakunlandi. Ammo hamma ham darhol ta’tilga chiqmadi. 1 iyundan 14 iyungacha Millatlar ligasida ko‘plab yulduzlar terma jamoaga jalb qilindi. Ba’zilari ikki hafta ichida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi!

Janubiy amerikaliklarga omad kulib boqdi: masalan, Braziliya va Argentina bor-yo‘g‘i ikkita uchrashuv o‘tkazdi. Terma jamoalar oldidagi qarzini to‘lab, oliy chempionat futbolchilari nihoyat ta’tilga chiqishdi. Og‘ir o‘tgan mavsumdan so‘ng futbolchilar o‘z vaqtini qayerda o‘tkazmoqda?

“Manchester Siti”ga transferi amalga oshgan va “Borussiya” bilan xayrlashgan Xoland terma jamoaga yo‘l oldi. Millatlar ligasining to‘rtta o‘yinida norvegiyalik futbolchi 5 gol va bir golli uzatma qayd etib, ta’tilga yaxshi kayfiyatda chiqdi. Bir yil avval forvard Gresiyaning “Mikonos” orolidagi restoranlardan birida tushlik uchun 500 000 yevro sarflab, do‘stlari bilan ko‘ngilxushlik qilgan edi. Bu yil esa hujumchi o‘zini ancha kamtarroq tutmoqda.

Ta’tilga chiqish oldidan Neymar Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi va Yaponiya darvozasiga bitta gol urdi. Eng qizig‘i ularning barchasini penaltidan kiritdi. Milliy terma jamoa yig‘inidan so‘ng forvard o‘zining qiz do‘sti, aktrisa Bruna Marchesin bilan Mayamiga yo‘l oldi va Las-Vegasdagi butunjahon poker seriyasida o‘zini sinab ko‘rdi. Bundan tashqari, ta’tilda braziliyalikning yo‘li Odell Bekxem (amerikacha futbol yulduzi) va “Yuventus” yarim himoyachisi Artur Melo bilan kesishdi.

Finalissimada g‘alaba qozonib, Estoniyaga beshta gol urgan Messi oilasi bilan ta’tilga chiqdi. Bungacha argentinalik Lotin Amerikasida “Himoyachilar” serialining suratga olish jarayonlarida ishtirok etgan. Leo ishtirokidagi sahna 2023 yilda namoyish etilishi kutilmoqda. Ta’tilda Messi futbolni unutmaydi. Hujumchi o‘z farzandlari Tiago va Mateo bilan birga to‘p tepmoqda. O‘yinning maqsadi to‘pni iloji boricha bosh bilan uzoq vaqt havoda ushlab turishdir.

“PSJ” bilan yangi shartnoma imzolagan Kilian Mbappe kamtarona dam olmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida basseyndan bitta, shuningdek, niqobli ko‘rinishdagi bir suratni e’lon qilgan. Eslatib o‘tamiz, Mbappe nafaqat “PSJ”, balki Gollivudning “WME Sports” agentligi bilan ham shartnoma imzolagan.

Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari Karim Benzema ta’tilni Big-Ben taxallusi ostidagi qo‘shiqchi bilan birga o‘tkazyapti. Uning qo‘shiqlari ostida Karim sport zalida mashq qiladi va jismoniy holatini saqlab qoladi.

Argentinalik futbolchilar – Anxel Di Mariya, Leandro Paredes va Jovani Lo Chelso dam olish kunlarini birga o‘tkazmoqda. Futbolchilar fil haykaliga sakrash bo‘yicha musobaqalashishga qaror qilishdi. Agar Di Mariya va Paredes bu vazifani uddalay olishgan bo‘lsa, 26 yoshli Lo Selsoda biroz muammolar kuzatilgan.

“Bavariya”ga yangi kelgan Mane esa o‘z qishlog‘iga yo‘l oldi va u yerda mahalliy yigitlar bilan dahshatli sharoitda futbol o‘ynadi. Senegalliklar o‘yinni loy futbol maydonida o‘tkazishdi. Yomg‘irga qaramay, yuzdan ortiq odam yulduzli vatandoshini kuzatish uchun yig‘ildi.

Ikki do‘st – Kvinci Promes va Memfis Depay ham Afrikada bo‘lib turibdi. Udar o‘z vaqtlarini Ganada o‘tkazmoqda. U yerda “Spartak” va “Barselona” futbolchilari o‘z muxlislari bilan raqsga tushishdi.

Robert Levandovski o‘zining rafiqasi va ikki farzandi bilan Fransiyada dam olyapti. Hujumchi tennis o‘ynadi va hatto Rafael Nadal bilan ham bellashishga muvaffaq bo‘ldi.

Ronaldu esa barchani hayron qoldirdi. U qiymati 5,5 million funt sterling turadigan yaxtada mashq qiladi, sport zaliga tashrif buyuradi va jiyani Alisiya Beatris Aveyru va o‘g‘li Krishtianu Junior bilan TikTokda video yozib oladi. Boylarga mazza...

Eng shovqinli ta’til – Angliya chempioni Jek Grilish ishtirokida sodir bo‘ldi. U Las-Vegasda ziyofat uyushtirdi va u yerda mahalliy barlardan birining VIP imtiyozlaridan foydalandi. Bu xizmat “Man Siti” futbolchisiga 95 000 yevroga tushdi va unda 116 shisha shampan vinosi bo‘shatilgan. Grilish jamoasining APLdagi g‘alabasi uchun “tost” ko‘tardi. Ziyofatda Grilishga “Liverpul” himoyachisi Endryu Robertson hamrohlik qilgan.

Grilish avval bo‘lgani kabi ziyofatdan so‘ng “o‘chib qolgan”.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 13:47, 26.06.2022.
O'qildi: 15275 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.