Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

«Manchester Siti» yetakchisi «Barselona»ga o‘tishni xohlamoqda

«Manchester Siti» yetakchisi «Barselona»ga o‘tishni xohlamoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.

Mundo Deportivo’ning xabar qilishicha, portugaliyalik futbolchi bolalik davridan beri katalon klubida to‘p surishni orzu qiladi.

O‘tgan qishda «Barselona» vakillari Ferran Torres bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun Manchesterga juda ko‘p tashrif buyurgan. Shunday tashriflarning birida futbolchi «Barsa» vakillari bilan uchrashgan va jamoaga o‘tish istagini bildirgan.

Avvaliga «Barselona» rahbariyati buni hazilga yo‘ygan. Biroq bir necha kun o‘tib Silva «ko‘k-anorranglilar» vakilidan biriga xabar yuborgan va unda tezroq katalonlar safiga qo‘shilish niyatida ekanini aytgan.

Shuningdek, agent Jorje Mendesh ham «Barselona» prezidenti Xoan Laporta va klubning qator rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda Silvaning bu qiziqishini tasdiqlagan.

Avvalroq «Manchester Siti» Bernardu uchun 85—95 million yevro pul so‘rashi xabar qilingandi.

Ortda qolgan mavsumda 27 yoshli futbolchi «Manchester Siti» safida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va yettita golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:30, 26.06.2022.
O'qildi: 3432 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик