Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Hoy, bu qanday chuqurlik?

Hoy, bu qanday chuqurlik?

Baho:
+ | -

Avstriya milliy jamoasining Ralf Rangnik boshqaruvidagi ilk o‘yinlari noodatiy tus oldi.

Birinchidan, germaniyalik murabbiyning debyuti Xorvatiya termasiga qarshi o‘yin (EML 1-turi)ga to‘g‘ri keldi va unda avstriyaliklar kuchli raqibni 3:0 hisobida yengishdi. Daniya termasi bilan bo‘lgan ikkinchi o‘yin esa futbol atrofidagi g‘alati hodisotlarga ulandi...

* Avstriyaliklar 10 iyun kuni Fransiya termasini aynan «Ernst Xappel»da qabul qilishdi. YEML 3-turidan o‘rin olgan bu uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Demakki, stadionga bog‘liq muammoni tezda hal qilishgan.

* Avstriyada bir necha kun tinmagan jala suv tosh­qinlarini keltirib chiqardi. Ko‘chalarni suvdan «tozalash» ishlariga o‘t o‘chiruvchilar ham jalb qilinishdi. Yuqori Avstriyada esa 30 ming xonadon elektr energiyasiz qoldi.

Avvaliga Avstriya poytaxti - Venada joylashgan «Ernst Xappel» stadionida yuzaga kelgan elektr ta’minotiga bog‘liq uzilish tufayli o‘yin 1,5 soatga kechiktirildi. Umuman, o‘sha kuni nafaqat stadion, balki butun atrofda elektr tizimi ishdan chiqdi, oqibatda xiyobondagi attraksionlar ham to‘xtab qoldi, odamlar ma’lum muddat bir necha metr balandlikda o‘tirishdi. Xonanda Falco guruhining Out of the Dark qo‘shig‘ini hazil tariqasida kuylayotgan vaqt stadion chiroqlari yondi va o‘yin boshlandi.

Eng qizig‘i, arena zulmatdan qutulgach, hamma maydon o‘rtasida paydo bo‘lgan kattagina chuqurlikka e’tibor qaratdi. Bundan ayniqsa, daniyalik hujumchi Andreas Skov Olsen g‘oyat ajablandi. Har holda, u to‘satdan yuzaga kelgan chuqurlik darajasini ko‘rsatish uchun hattoki, oyog‘ini teshikka suqdi. Izoh berilishicha, stadionda katta «o‘ra» paydo bo‘lganiga Avstriyada kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sababdir. To‘g‘ri, bu yakuniy xulosa emas, hozircha barchasi o‘rganilmoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:00, 26.06.2022.
O'qildi: 1646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.