"Jenoa"ning sobiq hujumchisi Mattia Destro faoliyatini "Empoli"da davom ettiradi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
U yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnomaga rozi bo‘ldi. 31 yoshli hujumchining maoshi yiliga 900 ming yevroni tashkil qiladi.
Dushanba kuni Destro tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng u shartnomani rasman imzolaydi.
O‘tgan mavsumda hujumchi A seriyada 27 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan.