Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xayrulla Karimov: «Biroz bo‘shashmaganimizda uch ochkoni ham qo‘lga kiritishimiz mumkin edi»

Xayrulla Karimov: «Biroz bo‘shashmaganimizda uch ochkoni ham qo‘lga kiritishimiz mumkin edi»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov diskvalifikasiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborgani uchun uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoa murabbiyi Xayrulla Karimov ishtirok etdi.

— Bugun ochiq o‘yin guvohiga aylandi. Muxislarga ham ushbu bahs manzur bo‘ldi deb o‘ylayman. Hisob ham o‘yinga mos ko‘rinishga keldi.

— Tarkibda yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish maqsadida qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?
— Jarohatlar futbolchi bilan har doim yonma-yon yuradi. Yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirishga harakat qildik. Hattoki to‘liq tiklanishga ulgurmagan Ahmadaliyevni ham o‘yinga qo‘yishga majbur bo‘ldik. Yigitlarga ham o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman, ular qo‘lidan kelganicha harakat qilishdi.

— AGMK ikkinchi bo‘lim boshini shiddatli hujumlar bilan boshladi. Tanaffusda qanday ko‘rsatmalar berdingiz?
— Hisobda ortda qolayotganda gol urish tabiiy hol. Oldinga borishga majbur edik. Shu bois, futbolchilar bor imkoniyatini ishga solishdi va bu o‘z natijasini berdi. Biroz bo‘shashmaganimizda uch ochkoni ham qo‘lga kiritishimiz mumkin edi.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 05:50, 27.06.2022.
O'qildi: 1875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик