Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun AGMK ham, «Nasaf» ham 2 ochkodan yo‘qotdi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun AGMK ham, «Nasaf» ham 2 ochkodan yo‘qotdi»

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev AGMKga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:2) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qilib, hisobda oldinga o‘tib oldik. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 30 daqiqasida juda ham yomon o‘ynadik. Buning natijasida AGMK 2ta gol urib, oldinga o‘tib oldi. Biz esa o‘zimizda kuch topib ikkinchi golni urdik. Shundan keyin ham golli vaziyatlar yaratdik, ammo ularni golga aylantirishda omad yetishmadi. Shuning uchun bugun AGMK ham, "Nasaf" ham 2tadan ochko yo‘qotdi. Bu esa boshqa raqiblar uchun qo‘l keldi.

Bugun biz g‘alabaga yaqinroq edik. Ikkinchi taymda ham birinchi bo‘limdagi o‘yinimizni davom ettirganimizda hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Bilmadim, bu charchoq alomatimi... Tanaffusda yigitlarga aslo bo‘shashish kerak emasligini, hali g‘alaba qo‘lga kiritilmaganini ta’kidlagandik.

— "Nasaf" kimning xatosi evaziga gollar o‘tkazib yubordi, deb o‘ylaysiz?
— Bizda maydon markazida Akmal Mozgovoy va Marko Stanoyevich o‘ynashadi. O‘sha vaziyatda Akmal raqib futbolchisini ta’qib qilib qanotga ketib qoldi. Uning o‘rnini Marko to‘ldirishi kerak edi. Ammo u ham futbolchini nazardan qochirdi. Eronlik futbolchi esa ochiq vaziyatga chiqib zarba berdi va gol urdi.

— FIFA kunlaridan so‘ng "Nasaf" 2ta o‘yin o‘tkazib, ularda durang qayd etdi. Bu jamoa uchun yo‘qotishmi yoki ijobiy natija?
— Umuman olganda, bu yo‘qotish. Biz har bir o‘yinda maksimum harakat qilyapmiz. Ammo 2 o‘yinda 4 ochko — bu katta yo‘qotish.

— Mavsumning yarmi deyarli o‘tdi. Joriy mavsumda qaysi jamoalarda chempionlik uchun imkoniyat yuqori, deb o‘ylaysiz?
— Chempionlikka da’vogar klublar o‘zlarini ko‘rsatib, jadvalning yuqori pog‘onalarida borishmoqda. Xabaringiz bor, avvalgi yillarda chempionlik uchun 2-3ta jamoa kurash olib borardi. Bu yil esa 6ta jamoa chempionlik uchun kurashmoqda. Hozirda jamoalarning saviyasi tenglashib qoldi.

— Hozirda jamoaning moliyaviy ahvoli qanday?
— Jamoaning futbolchilar oldida qarzdorligi bor, ammo ko‘p emas. Ammo futbolchilar bu haqda o‘ylashayotgani yo‘q. Ular har bir bahsda bor kuchini berib harakat qilishyapti.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 06:08, 27.06.2022.
O'qildi: 3099 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик