Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq - Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone 3-0 Salernitana
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas - Jirona
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

Uyqusiz bolalik. Mag‘lubiyatlar bilan chiniqqan Kloppning mashaqqatli hayoti

Uyqusiz bolalik. Mag‘lubiyatlar bilan chiniqqan Kloppning mashaqqatli hayoti

Baho:
+ | -

 “Otam menga nisbatan shafqatsiz edi. U professional sportchi bo‘lishimni xohlardi – futboldan tashqari boshqa sport turlari bilan ham shug‘ullanardik. Biz chang‘i uchayotganimizda men oldinda faqat qizil nuqta ko‘rardim. Otam meni hech qachon kutmagan, yoshimga, bu ishga yangi kelganimga e’tibor bermagan. U mening mukammal chang‘ichi bo‘lishimni xohlardi”.

Norbert Klopp haqiqatan ham o‘g‘lidan ajoyib sportchi qilishni orzu qilgan. Yurgen tug‘ilganda, oilada allaqachon ikkita qiz bor edi va Norbert sportchi o‘g‘il haqidagi orzusini amalga oshirishi mumkinligidan cheksiz xursand edi. Uning o‘zi istiqbolli darvozabon edi, u "Kayzerslautern"da mashg‘ulot o‘tkazgan, ammo u hech qachon professional darajaga erisha olmadi.

Klopplar oilasi butun bolalik va yoshliklarini Shtutgart yaqinidagi Qora o‘rmon qishlog‘ida o‘tkazgan. Dalalar va o‘rmonlar atrofga cho‘zilgan, transport bilan bir soatdan ko‘proq vaqt ichida Norbert o‘g‘li bilan chang‘i poygalarini uyushtirgan Alp tog‘lariga yetib borish mumkin edi.

“Men Qora o‘rmonda, 1500 kishi yashaydigan qishloqda o‘sganman. Men ketganimda 1499 kishi qolgandi”, - deya hazil qildi Klopp.

Yurgen bolaligidanoq sportchi bo‘lish uchun maksimal darajada ishlash kerakligiga o‘rganib qolgan. Ba’zan u otasidan shunchalik orqada qolardiki, hatto u adashib qolgan paytlari bo‘lgan. Tennis o‘yinlari muntazam ravishda har bir setda 6:0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlanadi, futbolda ham Yurgen otasidan ortda bo‘lgan - u tezroq, kuchliroq va texnikaliroq edi. Ammo bu uning xarakterini kuchaytirdi.

“Norbert sportni yaxshi ko‘rgan. Avval futbol, keyin tennis o‘ynagan. Yurgen esa otasining notiqligi va g‘ayratiga ega bo‘ldi”, - deydi keyinroq Kloppning birinchi murabbiyi Ulrix Rat.

Yurgen har doim o‘ziga va unchalik katta bo‘lmagan iste’dodiga adekvat munosabatda bo‘lgan. Otasi bilan birga u futbolni tanladi.

16 yoshida u mahalliy jamoadagi kichik tarkibga qo‘shildi. Uzoq vaqt davomida Klopp quyi divizionlarda o‘ynadi va o‘zining ilk professional shartnomasini faqat 23 yoshida imzoladi. Bungacha o‘zi uchun futbol o‘ynagan, ro‘zg‘or tebratish uchun do‘konda yuk mashinalarini bo‘shatish bilan shug‘illangan edi. 20 yoshida u mahalliy Gyote universitetiga kirish uchun Frankfurtga jo‘nab ketdi. Bu yerda u bir vaqtning o‘zida havaskor klublarda o‘ynadi, shuningdek, "Ayntraxt" bolalar jamoasida birinchi murabbiylik tajribasini oldi. Va, ehtimol, bu Yurgen faoliyatidagi eng qiyin davr edi.

"Men uzoq vaqt davomida futbol bilan shug‘ullanishim kerak edi, - kuladi Klopp. U hech qachon ajoyib futbolchi bo‘lmagan. Shuning uchun, uzoq vaqt davomida u tom ma’noda to‘kilib qolishi kerak edi: ertalab u omborda ishladi, keyin maktabga bordi, shundan keyin u futbol o‘ynardi va mashq qilardi.

“Men 20 yoshda edim, hali bola edim, lekin o‘zim endigina katta bo‘ldim. Bu og‘ir davrlar edi - men havaskorlar futbolchi edim va universitetda o‘qirdim. Pul topish uchun u kinoteatrlar uchun plyonkalar saqlanadigan omborda tunda ishlardi. Bilasizmi, bular DVD disk emas edi. Bu 80-yillarning oxiri edi va filmlar biz oldinga va orqaga sudrab yurgan ulkan makaralarda saqlangan. Xudo ko‘rsatmasin, “Ben-Hur”dek to‘rt soatlik filmi bor ulkan kinoplyonka kelmasin, deb duo qildik.

Men kuniga to‘rt soat uxlardim va o‘g‘lim bilan kamida bir oz vaqt o‘tkazishga harakat qilardim. Bu qiyin edi, lekin o‘shanda men haqiqiy hayotni o‘rgandim, jiddiylashdim. Do‘stlarim meni kechqurun pablarga taklif qilishdi. Mening har bir qismim: "Ha, ha, men xohlayman!" derdi. Lekin men qila olmadim, chunki men nafaqat o‘zim uchun yashadim. Balki yaxshi xayot uchun ko‘p narsadan voz kechdim.

Ba’zida odamlar mendan nega doim tabassum qilasan deb so‘rashadi - mag‘lubiyatdan keyin ham tabassum bilan intervyu beraman. Hamma gap o‘g‘ilim haqida - u tug‘ilganda men futbol hayot-mamot masalasi emasligini angladim. Biz odamlarni qutqarmaymiz, lekin futbol, ayniqsa, bolalar uchun ilhom va quvonch bo‘lishi mumkin. Men dumaloq to‘pning odamlar hayotiga qanday ta’sir qilishini ko‘rdim. Saloh, Mane, Firminolarning hikoyalariga qarang - ular aql bovar qilmaydigan. Men duch kelgan qiyinchiliklar, ular yengib o‘tgan narsalar bilan solishtirganda hech narsa emas. Ular xudolar emas, ular hech qachon orzulariga xiyonat qilmaganlar."

Bu bir necha yil davom etdi - Klopp bir necha jabhada to‘kilib qoldi va o‘zini qo‘lga oldi, butun kuchini hayotga berdi. Bu 1990 yilgacha davom etdi, u o‘zining birinchi professional shartnomasini "Mayns" klubi bilan imzolagan, keyin ham quyi divizionda o‘ynagan. Bu yerda u 11 yil davomida, ya’ni faoliyatining oxirigacha to‘p tepgan va 34 yoshida u jamoaga bosh murabbiy bo‘lish taklifini oladi va bu uning kasbdagi uzoq sayohatiga start bergan.

2001 yilda Klopp futbolchilik faoliyatini yakunlashga tayyorgarlik ko‘rayotganda otasi olamdan o‘tdi. Norbert bir necha yil davomida jigar saratoniga qarshi kurashdi. O‘limidan sal oldin Yurgen o‘yindan so‘ng darhol Maynsdan o‘zi tug‘ilib o‘sgan Glattenga keldi va otasi bilan ertalabgacha suhbatlashdi. Barcha erta gestalt tushunmovchiliklari yopildi.

"Men otam xohlagan narsani qildim", deb eslaydi Yurgen. “Bu mening hayotimdagi birinchi katta muvaffaqiyatim edi. O‘ylaymanki, har qanday boshqa ish janjalimizga sabab bo‘lardi. Agar gulchi bo‘lib qolsam, otam meni aqldan ozganimni tushunmas, hatto o‘ylamasdi. Ishonchim komil, to‘g‘rirog‘i, yo‘q, u mendan mamnun ekaniga, yuqoridan qarab turganiga qattiq ishonaman.”

Mirjalol Pardaboyev maqolasi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:50, 27.06.2022.
O'qildi: 3602 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.