Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq 1-0 Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone 3-0 Salernitana
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

Yozgi futbol taqvimi: Las-Vegasda ispancha, Bangkokda inglizcha “klasiko”

Yozgi futbol taqvimi: Las-Vegasda ispancha, Bangkokda inglizcha “klasiko”

Baho:
+ | -

Aftidan, pandemiya uzoqlashib, an’anaviy futbol hayoti yaqinlashib bormoqda. Bu yil yozda, uzoq tanaffusdan so‘ng, jamoalar turli mamlakatlar bo‘ylab to‘liq “gastrol” safari bilan mavsumoldi tayyorgarlikni rejalashtirishdi. Masalan, AQSH, Yaponiya, Norvegiya va Singapur kabi mamlakatlarga.

Qaysidir jamoalar yoz fasli uchun barcha rejalarni hali e’lon qilmagan (“Inter” umuman ma’lumot bermagan). Sevimli jamoangiz qaysi kdublar bilan bellashishini ushbu maqola orqali bilib olishingiz mumkin.

“Manchester Yunayted” yozgi rejalar bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. ESPN taxminiga ko‘ra, jamoa mavsumoldi tayyorgarliklar davomida 34 000 kilometr yo‘l bosib o‘tadi. Mankunianliklar “Liverpul”, “Melburn”, “Kristal Pelas”, “Aston Villa”, “Atletiko” kabi jamoalar bilan to‘qnash keladi.

“Qizil iblislar” Tailand, Avstraliya va Norvegiyaga tashrif buyurishadi hamda “Old Trafford”da “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yin bilan turni yakunlashadi. Darvoqe, bu Ten Xag uchun “Yunayted” boshqaruvidagi ilk uy uchrashuvi bo‘ladi.

APLda mavsum 6 avgust kuni boshlanadi.

“Manchester Siti”ning taqvimida hozircha atigi ikkita sinov o‘yini bor, ikkalasi ham AQSHda o‘tadi. Ular Texasda Meksikaning "Amerika"ga, Viskonsin shtatida “Bavariya”ga qarshi o‘ynaydi.

Pep Gvardiola jamoasi mavsumni 30 iyul kuni Angliya Superkubogi uchun “Liverpul”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ushbu bahs Lester shahridagi “King Pauer” o‘iyngohida bo‘lib o‘tadi.

Avgust oyi oxirida “Kamp Nou”da “Barsa”ga qarshi xayriya o‘yini ham rejalashtirib qo‘yilgan. Jamoalar o‘yiniga sotilgan chiptalardan yig‘ilgan mablag‘ amiotrofik lateral sklerozni davolash uchun yo‘naltiriladi. “Barselona”ning sobiq darvozaboni va murabbiyi, Gvardiolaning do‘sti Xuan Karlos Unsuye hozirda ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda.

“Manchester Yunayted”dan farqli o‘laroq, “Liverpul” Avstraliyaga qadar yetib bormaydi, balki Singapurdan ortga qaytadi. Shunday qilib, “qizillar” mavsum oldidan 22 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi. Shuningdek, “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yin ham belgilangan.

Ikkinchi yig‘in Yevropada o‘tkaziladi va Klopp shogirdlari “Red Bull” tizimidagi asosiy jamoalarga qarshi o‘ynaydi. “Liverpul” va ushbu klublar o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar azaldan ma’lum.

Mavsum 30 iyul kuni Angliya Superkubogi uchun “Siti”ga qarshi o‘yin bilan boshlanadi, ertasi kuni esa Fransiyaning “Strasbur” jamoasi “Enfild”da mehmon bo‘ladi.

Hozirda amerikalik tadbirkor Todd Bouliga tegishli bo‘lgan “Chelsi” AQSHga safar qiladi. Hozircha uchta o‘yin rejalashtirilgan, ulardan eng asosiysi “Arsenal”ga qarshi bo‘ladigan London derbisi. Bundan tashqari “Amerika” va “Sharlott” klublari “aristokratlar”ga raqiblik qiladi.

Iyul oyi boshida Mikel Arteta Germaniyada yig‘in o‘tkazishi rejalashtirilgan va u yerda “Nyurnberg”ga qarshi o‘yin o‘tkaziladi. Keyin esa jamoa AQSHga yo‘l oladi. Dasturning diqqatga sazovor qismi – Orlando shahridagi “Chelsi”ga qarshi o‘yin. “To‘pchilar” mavsumoldi yig‘inni o‘z maydonida “Sevilya”ga qarshi bahs bilan yakunlashadi.

“Tottenxem” mavsumoldi turne uchun kutilmagan manzillarni tanlash bo‘yicha chempion.

Dastlab “shporlar” Janubiy Koreyadagi kichik turnirda ishtirok etadi. Boshqa tomondan, olib qaralganda hayratlanarli joyi yo‘q. Chunki mamlakatning erkaklar va ayollar terma jamoasi sardorlari “Tottenxem”da faoliyat yuritadi. Dasturdan mahalliy chempionat terma jamoasiga qarshi o‘yin va “Sevilya”ga qarshi bahs o‘rin olgan.

Keyin esa Shotlandiyada “Reynjers” bilan o‘yin va Isroilda sobiq bosh murabbiy Joze Mourinyo “Roma” bilan o‘yin. Natijada jamoa 4 o‘yin uchun 24 ming km masofa bosib o‘tadi.

“Barselona”ning AQSH safari uchun taqvimi juda zich. Ammo ular yozgi yig‘inni Kataloniyada beshinchi divizion vakili “Olot” jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlashadi.

Mavsumdagi ilk “El-klasiko 23 iyul kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. To‘rt kundan so‘ng esa “Yuventus”ga qarshi o‘yin.

Avgust oyi boshida Xavi va uning jamoasi Barselona shahriga qaytadi va u yerda an’anaviy Joan Gamper kubogi uchun “Roma”ga qarshi bahs olib boradi. Joze Mourinyo esa yana “Kamp Nou”ga qaytadi!

Shuningdek, “Kamp Nou”da “Man Siti”ga qarshi xayriya uchrashuvi avgust oyining oxiriga belgilangan. La Liga mavsumi esa 12 avgust kuni boshlanadi

“Real Madrid” taqvimida hozirgacha bor-yo‘g‘i uchta o‘yin bor, ammo ulardan biri AQSH safari doirasidagi “El-klasiko” bo‘lsa, yana biri “Yuventus”ga qarshi o‘yin. Bundan tashqari “Amerika” klubi ham madridliklar sinovidan o‘tadi.

Shuni unutmangki, “Qirollik klubi” Yevropa Superkubogi uchun 10 avgust kuni Xelsinkida (Finlyandiya) “Ayntraxt” bilan hisob-kitob qiladi.

“Numansiya”ga qarshi o‘yin Madridning boshqa bir klubi uchun har yili o‘tkaziladigan voqelik hisoblanadi. Bu bahs “Atletiko”ning afsonaviy prezidenti Xesus Xil xotirasiga bag‘ishlanadi. Ushrashuv o‘tadigan “Burgo de Osma” marhum prezidentning ona shahri hisoblanadi. Shuningdek, Osloda (Norvegiya) “Man Yunayted” bilan uchrashuv reja qilingan.

“PSJ” yaponiyalik muxlislarga Messi va Mbappeni ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga parijliklar 2002 yilgi Jahon chempionati o‘tgan stadionlarda “Kavasaki Frontale”, “Urava Red” va “Gamba Osaka” jamoalari bilan o‘yinlar belgilangan. Liga 1 da mavsum 6 avgustda start oladi.

“Bavariya” esa “Audi Summer Tour” doirasida “Di Si Yunayted” va “Man Siti”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi, ammo bu jamoaning butun kalendari emas. Bundesligada mavsum 13 avgust kuni boshlanadi.

Dortmundliklar esa hech qayerga ketishga shoshilmayaptilar –ular faqat oltinchi liga jamoasi – “Luner”ga qarshi o‘yin o‘tkazishadi. Klublarning stadionlari orasida bor-yo‘g‘i 15 km masofa bor.

Italiya chempionlarining rejalarida hozircha bitta o‘yin bor – “Kyoln”ga tashrif. Lekin A Seriyada mavsum 13 avgustda boshlanadi, shuning uchun “Milan”da yetarlicha bo‘sh vaqt bor.

“Yuventus”ning AQSH bo‘ylab sayohati esa “Real Madrid” va “Barselona”nikiga juda o‘xshash. Las-Vegasdan Xyuston orqali Los-Anjelesga sayohat. Bu esa AQSHlik muxlislarda vatandoshlari Ueston Makkennining o‘yinidan zavqlanish uchun yaxshi imkoniyat.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 14:28, 27.06.2022.
O'qildi: 5207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.