Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Yuventus" De Ligt o‘rniga ikki variantni ko‘rib chiqmoqda

"Yuventus" De Ligt o‘rniga ikki variantni ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Turinning “Yuventus” klubi niderlandiyalik himoyachi Matteys de Ligtga o‘rinbosar qidirishni boshladi va ikkita variantni ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira o‘zining Twitter'dagi sahifasida.

Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi senegallik “Napoli” himoyachisi Kalid Kulibali va "Arsenal"ning braziliyalik himoyachi Gabriel Magaliesga qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq "Manchester Yunayted" va "Chelsi" De Ligtni nishonga olgani, "Yuventus" futbolchini 100 million yevroga baholagani haqida xabar bergan edi.

22 yoshli De Ligt o‘tgan mavsumda "Yuventus" safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 31 yoshli Kulibali “Napoli” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 24 yoshli Gabriel 39 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan.

Kiritildi: 05:07, 28.06.2022.
O'qildi: 2105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик