Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 0-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Superliga. «Metallurg» – «Lokomotiv»: prevyu

Superliga. «Metallurg» – «Lokomotiv»: prevyu

Baho:
+ | -

“Metallurg” hamda “Lokomotiv” jamoalari bugunga qadar kuchlilar safida o‘zaro 36  o‘yin o‘tkazgan. Ulardan 6 tasida “Metallurg”ning qo‘li baland kelgan. 11 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 19 o‘yinda esa temiryo‘lchilar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 34:60, toshkentliklar foydasiga.

Mazkur jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan uchrashuvlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu yerda ham ustunlik “Lokomotiv” jamoasi tomonida. Ortda qolgan 18 uchrashuvning 4 tasida mezbonlar zafar quchishgan. 7 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. 7 ta bahsda esa toshkentliklar muvaffaqiyatga erishishgan.

Quyida Bekobodda kechgan oxirgi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:

01.10.2021  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 1:2
25.09.2020  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 2:2
12.05.2019  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:0
14.09.2018  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:1
26.05.2018  “Metallurg” – “Lokomotiv” – 2:0

“Lokomotiv” haqida

“Lokomotiv” mamlakatimizning eng kuchli va nomdor jamoalaridan biri sanaladi: uch marta mamlakat chempioni, uch marta O‘zbekiston kubogi sohibi va bir necha karra chempionat sovrindori bo‘lishgan. Bundan tashqari Superkubok bahslarida ham ikki marta muvaffaqiyatga erishgan.

Temiryo‘lchilar oliy liga bahslarida bugungacha 488 ta o‘yin o‘tkazib, shulardan 242 tasida g‘alaba qozonishgan. 100 o‘yinda durangga erishishgan bo‘lsa, 146 uchrashuvda imkoniyatni boy berishgan. “Lokomotiv” raqiblari darvozasini 783 marta ishg‘ol etgan holda, o‘z darvozalaridan 559 ta to‘p olib chiqishgan. Jamoaning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 7:0 (2015 – “So‘g‘diyona”, 2017 – “Obod”). Eng yirik mag‘lubiyati – 0:7 (2020 – “Paxtakor”).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 08:38, 29.06.2022.
O'qildi: 1378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик