"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalyos ispan klubidagi kelajagi haqida gapirdi, shuningdek, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan suhbat haqida.
“Mavsumoldi boshlanganda ko‘ramiz. Karlo Anchelotti nima istayotganini bilish uchun u bilan gaplashaman. Shundan so‘ng kelajagim haqida qaror qabul qilaman.
O‘tgan mavsumga kelsak, murabbiy mendan uzr so‘radi, chunki u menga olishim kerak bo‘lgan o‘yin vaqtini bermadi. Bu uning hurmatini oshirdi", - deya Sebalyosning so‘zlarini keltiradi Marca.