“Lion” va “Roma” klublarining sobiq bosh murabbiyi Rudi Garsiya “An-Nassr”ni boshqarishga kirishdi, deya xabar beradi Saudiya Arabistoni klubi matbuot xizmati. 58 yoshli murabbiy bilan kelishuvi tafsilotlari oshkor etilmagan.
"An-Nassr" direktorlar kengashi raisi Musli Al Muammar fransiyalik mutaxassis Rudi Garsiya bilan shartnoma imzoladi, u klubning asosiy jamoasi bilan ishlaydi. Ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Garsiya avvalroq "Sent-Etyen", "Dijon", "Le Man", "Lill", "Roma", "Marsel", "Lion" va boshqa klublarda ishlagan.