Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Nyukasl” yangi libosi Angliyada e’tirozlarga sabab bo‘lyapti

“Nyukasl” yangi libosi Angliyada e’tirozlarga sabab bo‘lyapti

Baho:
+ | -

Hammasi gap-so‘z jamoaning uchinchi libosi Saudiya Arabistoni terma jamoasi liboslari bilan o‘xshashligi tufayli kelib chiqdi.

"Nyukasl" uchinchi libosini rasman taqdim etdi va tortishuvlar boshlanib ketdi. Bu avval nashr etilgan konsepsiyaga mutlaqo o‘xshash bo‘lib chiqdi. Futbolka oq rangda, yoqasi va yengida yashil chiziqlar bor.

Klub emblemasi yashil va oq iplar bilan bezatilgan, bu juda noodatiy dizayn qaroridir.


Bu to‘plam Saudiya Arabistoni terma jamoasining liboslari rangini takrorlaydi, Angliyadagi "Nyukasl" muxlislarining ko‘pchiligi bundan g‘azablangan:

"Biz ularga tegishli ekanligimiz ularga o‘xshab qolishimiz kerak degani emas";

"Men Saudiyaliklar bizning brendimiz va o‘zligimizga integrasiyalashganini qabul qila olmayman";

"Bu yerda men faqat Saudiya Arabistoni terma jamoasi libosini ko‘rmoqdaman, ammo "Nyukasl"ning uchinchi libosi qayerda?"

Ijtimoiy tarmoqlarda bunday sharhlar juda ko‘p. May oyida muxlislar klub rahbariyatini konsepsiyani qayta ishlab chiqishni talab qilishgan, ammo bu vaqtga kelib dizayn ma’qullangan, to‘plamlar allaqachon tikilgan edi.

"Men tanqidlardan xabardorman", dedi "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xou. Men bu masalani nazorat qila olmayman deb o‘ylayman. Saudiya Arabistoniga safar chog‘ida biz "Nyukasl"ga qiziqish katta ekanligini angladik. O‘ylaymanki, bizning libos ishlab chiqaruvchimiz bu haqda bilgan bo‘lsa kerak, shuning uchun u shunday dizayn ishlab chiqqan".

“Nyukasl” uchun bunday rang kombinasiyasi, hatto uchinchi to‘plamda ham yangilik bo‘ldi. Ammo siz tushunishingiz kerakki, uchinchi forma har doim qo‘shimcha e’tiborni jalb qilish va assortimentni kengaytirishga qaratilgan g‘ayrioddiy dizayn va marketing yechimlari bilan tayyorlangan bo‘ladi. Uni yaratishda dizaynerlar rang sxemalari va texnologiyalari bilan tajriba o‘tkazadilar. Va ular ko‘pincha biror narsaga yoki kimgadir bog‘langan to‘plamlarni yasashadi - masalan, 2014/2015 yilgi mavsum uchun "Real Madrid" libosi mashhur yapon dizayneri Yoji Yamamoto tomonidan ishlab chiqilgan.

Ammo “Nyukasl” bilan bo‘lgan vaziyatda muxlislar Saudiya Arabistoni bilan "hamkorlik"ni taniqli dizaynerga qaraganda kamroq yoqtirishadi. Inson huquqlari buzilishining oldini olishni maqsad qilgan Xalqaro Amnistiya tashkiloti ham shu munosabat bilan so‘zladi. Uning vakillari Qatar va Saudiya Arabistonida inson huquqlarining muntazam ravishda buzilishi haqida bir necha bor bayonotlar berishgan va bu holatda tashkilot chetda turmagan.

“Agar “Nyukasl” Saudiya Arabistoni milliy ranglariga mos ravishda formasini almashtirsa, bu Saudiya dollarining qudratini va qirollikning shafqatsiz, qonga singib ketgan inson huquqlari buzilishini ochib beradi”, dedi Xalqaro Amnistiya vakili. “Saudiyalik xo‘jayinlar va klub o‘rtasidagi ajralish haqidagi kafolatlariga qaramay, bu rejim “Nyukasl”dan ijobiy imidj yaratish uchun foydalanayotganining aniq dalili kabi ko‘rinadi. Hamma - muxlislardan tortib o‘yinchilargacha - Saudiya Arabistonining tashviqot kampaniyasida qatnashmasliklari, u yerda nimalar bo‘layotganidan xabardor bo‘lishlari kerak. Sportdan bunday maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, degan xalqaro ekspert.

Kiritildi: 16:11, 29.06.2022.
O'qildi: 8610 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.