Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

«Benfika»: Pul topish formulasi

«Benfika»: Pul topish formulasi

Baho:
+ | -

«Benfika» 3 nafar futbolchi transferidan 246 million yevro ishladi.

O‘zi Lissabon klubida munosib iqtidorlarni izlab topish va ularning yangi darajaga chiqarib, katta summada sotish tizimi konveyer darajasiga ko‘tarilgan allaqachon. Farqi shuki, «Benfika» oldin ham son, ham baho ustida jiddiy ishlardi. Deylik, 30-40 million yevro taklif etilsa, eng yaxshi «topilma»larini ham qo‘yib yuboraverardi. Misol uchun, «Zenit» va «Manchester Siti» tegishlicha Aksel Vitsel hamda Ederson transferiga 40 million yevro to‘lagan. «Benfika» shuningdek, Nelson Semedu («Barselona»ga), Viktor Lindelyof («MYU»ga) va Renatu Sanshesh («Bavariya»ga)ni 35-36 million yevroga sotishdan qaytmagandi. Endi esa lissabonliklar futbol bozorida yangi darajaga chiqishdi. Buyog‘iga «Benfika» ixtiyoridagi iqtidorlarga xaridor klublar chamasi 100 million yevro to‘lashga majbur. Bunga 3ta transferni yorqin misol sifatida keltirish mumkin.

Joau Felish

Klub tarbiyalanuvchisi. E’tiborli tomoni, Lissabon klubi Felishni ashaddiy raqibi «Portu» yoshlar maktabidan «Padroyense» tranziti yordamida o‘z tomoniga og‘dirgandi. Joau 2019 yilning yozida 127,2 million yevro evaziga «Atletiko»ga yo‘l oldi. Bu ham sotuvchi, ham xaridor klub uchun o‘z tarixidagi rekord kelishuv bo‘ldi.

Ruben Diash

«Benfika» keyingi yoz, ya’ni 2020 yili yana bir yirik kelishuvni rasmiylashtirdi. Hujjatlarda ko‘rsatilishicha, «Manchester Siti» himoyachi Ruben Diash transferiga 68 million yevro to‘ladi. Qolaversa, «shaharliklar» «burgutlar» maktabi tarbiyalanuvchisiga ega bo‘lish yo‘lida Nikolas Otamendini ham Lissabon jamoasiga berishdi.

Darvin Nunyes

Bahosi 100 «limon»ga tortadigan yangi transfer. Ha, «Liverpul» Darvin Nunyes uchun aslida 75 million yevro to‘laydi, lekin bonuslar hisobiga bu summa ancha oshishi mumkin. Diqqat qiling, «Benfika» urugvaylik hujumchini 2020 yilning yozida «Almeriya»dan atigi 24 million yevroga sotib olgandi. Qarang, Nunyesning bahosi qandaydir 2 yilda uch baravar oshdi.

«Benfika» futbol bozorida qanday ishlashni yaxshi biladi, albatta. Deylik, klub oxirgi 4 mavsumda atigi 3 nafar futbolchi ortidan 246 million yevro oldi! Shunchaki, fantaziya! 

«Benfika» tomonidan sotilgan eng qimmatbaho 10 nafar futbolchi

1 Joau Felish («Atletiko»ga) - 127,2 mln.

2 Darvin Nunyes («Liverpul»ga) - 75 mln.

3 Ruben Diash («Manchester Siti»ga) - 68 mln.

4 Ederson («Manchester Siti»ga) - 40 mln.

5 Aksel Vitsel («Zenit»ga) - 40 mln.

6 Raul Ximenes («Vulverxempton»ga) - 38 mln.

7 Nelson Semedu («Barselona»ga) - 35,7 mln.

8 Viktor Lindelyof («MYU»ga) - 35 mln.

9 Renatu Sanshesh («Bavaria»ga) - 35 mln.

10 Anxel di Mariya («Real»ga) - 33 mln.

D.ALIMOV  tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:41, 29.06.2022.
O'qildi: 3952 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик