"Barselona" himoyachisi Kleman Langle faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, "Tottenxem" fransiyalik futbolchini 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olgan.
Tomonlar allaqachon hamma narsani kelishib olishgan.
Futbolchi to‘rt mavsumdan buyon kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.