Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Germaniyani taslim etgan “Super Mario” qidirilmoqda

Germaniyani taslim etgan “Super Mario” qidirilmoqda

Baho:
+ | -

2012 yilning 28 iyun kuni Varshava shahrida Italiya va Germaniya terma jamoalari Yevropa chempionati finali yo‘llanmasi uchun kurash olib borishdi. Ushbu uchrashuv Mario Balotellining faoliyatidagi eng yaxshisi sanaladi. Ha, Balo xet-trik yoki penta-trik qayd etgan o‘yinlar bo‘lgan (bu mavsum Turkiyada) – biroq unga aynan mana shu uchrashuv haqiqiy mashhurlikni taqdim etgan.

Birinchi bo‘limda Mario dubl qayd etdi. 20-daqiqada Kassano unga to‘p uzatdi. Badshtuber italiyalik hujumchiga xalaqit bera olmadi – 1:0.

36-daqiqada esa Mario Rikkardo Montolivoning uzatmasini qabul qilib oldi va uni yaqin to‘qqizlikka “mixlab” qo‘ydi. Filipp Lam blok qo‘yishga ulgurmadi, bunday kuchli zarbani qaytarish uchun esa Noyerda umuman imkoniyat yo‘q edi.

Shundan so‘ng Germaniya ruhan sindi. Italiya g‘alaba uchun hisobni saqlab qoldi – Ozil 92-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi. Mario esa 70-daqiqada almashtirildi.

Qizig‘i shundaki, Marioning ikkita goli va futbolkasini yechgani uchun sariq kartochka olganini bir chetga surib qo‘ysangiz, unchalik ta’sirchan statistikaga ega bo‘lmagan. Faqat ikkita zarba, 10 ta aniq uzatma, ikkita dribling urinishi (ikkalasi ham muvaffaqiyatsiz) va uchta qoidabuzarlik.

Final hushtagi yangraganidan so‘ng juda ta’sirli holat yuz berdi. Mario onasi o‘tirgan podiumga chiqib, uni quchoqladi.

“O‘sha uchrashuvdan qaysi holat xotiramda qolganini so‘rasangiz, o‘yindan keyin onamning oldiga borib, bu gollarni unga bag‘ishlaganimni aytgan vaziyat, deb javob beraman. Men ushbu daqiqalarni uzoq kutgandim. Ayniqsa, onam u yerga kelganida men uni xursand qilishni xohlagan edim.

Bu hayotimdagi eng go‘zal kecha bo‘ldi. Umid qilamanki, final yanada yaxshi bo‘ladi. Endi biz to‘g‘ri dam olishimiz va ispanlarni mag‘lub qilishimiz kerak. Ular va men turnirning eng yaxshi ikki jamoasimiz. Biz g‘alaba qozona olamizmi? Yakshanba kuni javob beraman”, – degan edi “Super Mario”.

Finalda Italiya 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mario esa faoliyatida Germaniya bilan o‘ynaganidan ko‘ra muhimroq o‘yinlarni o‘tkazmagan – endi u Turkiya chempionatida “Adana Demirspor” darvozasiga beshtalab gol ursa-da, terma jamoaga chaqirilmadi.

Ikkinchi goldan so‘ng, Balotelli futbolkasini yechib, mushaklarini butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilgan va bu holat memga aylangan. Yodingizdami?

Keyinchalik Marioning faoliyati ortga qarab keta boshladi. Shundan so‘ng, “Milan”, “Liverpul”, “Nissa”, “Marsel”, “Breshia”, “Monsa”, “Adana Dumirspor” kabi jamoalarda to‘p tepdi. U bir necha marta shov-shuvli voqealarda ishtirok etdi.

Qiziqish qamoqqa olib keladi

“Manchester Siti”da o‘ynab yurgan Mario va uning akasi ayollar qamoqxonasi hududiga bostirib kirishga qaror qilishdi. Keyinchalik, bu voqea aql bovar qilmaydigan mish-mishlarga to‘lib ketdi: arqon bilan jihozlangan yigitlar qamoqxona devoridan oshib ketishga harakat qilishdi. Lekin, aslida, hamma narsa ancha sodda edi.

O‘sha kuni navbatchi bo‘lgan qo‘riqchi sodir bo‘lgan voqea haqida shunday so‘zlab beradi:

“Biz hududga “Mersedes” rusumli avtomashina va uning ichida ikki yigit kirib kelayotganini ko‘rganimizda, ancha kech bo‘lgan edi. Ulardan biri mashhur futbolchi Mario Balotelli ekanligini tez orada angladik. Yigitlar bizning savollarimizga ochiq darvozani ko‘rganliklarini va biron bir maxsus ruxsat kerakligini o‘ylamaganliklarini aytishdi. Bu ayollar qamoqxonasi ekanligi ikkalasini ham qiziqtirmasdi”.

Tez orada bezorilar polisiya tomonidan qo‘lga olinib, maxsus bo‘limga olib ketilgan. Futbolchi va uning akasi so‘roqqa tutilgan. Keyinroq futbolchining agenti Mino Rayola Mario hech qanday xato qilmaganini aytgan, ammo Balotellining o‘zi ommadan kechirim so‘radi.

Bundan tashqari 2012/13 yilgi Chempionlar ligasining birinchi yarim final uchrashuvida Dortmundda “Real” klubi “Borussiya”dan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Balotelli “qaymoqranglilar” futbolchilariga, agar jamoa finalga yo‘l olsa, sevgilisi Fanni Negeshani garovga tikishga va’da bergan edi.

O‘shanda “Real Madrid”ga finalga chiqish va belgiyalik modelni “qo‘lga kiritish” uchun faqat bitta gol yetishmagan.

Ammo Milanda ular futbolchining hech narsa demaganligini aytishdi, ammo Negesha Balotelli bilan ajrashdi. To‘g‘ri, oradan bir necha oy o‘tgach, 2013 yil mart oyida juftlik munosabatlarini tikladi va Konfederasiyalar kubogida ularning unashtirilishi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Xulosa qilib aytganda, Mario Balotelli mashhurlik yukini ko‘tara olmadi. Uning faoliyatidagi eng yorqin o‘yini esa aynan Germaniyaga qarshi kechgan uchrashuv bo‘ldi. Hozirda 31 yoshli Mario Balotelli ismli o‘rtamiyona hujumchi Turkiya chempionatida to‘p tepadi. Butun dunyo tanigan “Super Mario” esa 2012 yilda daraksiz yo‘qolgan, 10 yildirki, uni topa olishmayapti.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 07:00, 30.06.2022.
O'qildi: 13513 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.