Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Pul yoki orzular. Xavi va Gavi haqida

Pul yoki orzular. Xavi va Gavi haqida

Baho:
+1 | -

Xavi Simons bu ism-sharifga ega futbolchini bundan 5-10 yilcha ilgari “Barselona” muxlislari juda yaxshi tanib olishgan. 2003 yilda tug‘ilgan futbolchi uchun bu juda ham erta. Umuman olganda, buning 2 xil ta’siri bor. Biri futbolchiga mashxurlik va kelajakda o‘ziga bo‘lgan ishonchni olib kelish bo‘lsa, ikkinchisi bizning ko‘plab iqtidorlar aziyat chekadigan yulduzlik kasali. Xavida esa juft raqam ostida aytgan holatni ko‘ryapmiz.

Qiziq jihati uning 6-7 yoshligidagi soyasi shu darajada ulkan ediki, hech kim La Masiyadagi Gavi va Fati singari ko‘plab iqtidorlarni payqamagan. Simons hammani ishontira olgandi. O‘z o‘yini bilan “blaugranas” kelajagi bo‘lishiga ishontirgandi. Uning o‘yinidan mast bo‘lgan mutaxassislar, undan salgina kamtarinroq deya hisoblangan Gaviga e’tibor ham bermagan. Gavi va Xavi ular aslida o‘xshash futbolchilar pozisiyasi deyarli bir xil, uning ustiga tengdoshlar. Bir qaraganda o‘xshamasa ham, chuqur yondashganda o‘yini ham o‘xshash bo‘lgan. O‘sha davrda La Masiyada ham unchalik farq qilmagan. Ammo ularning hayot yo‘li boshqa-boshqa bo‘ldi. Biri orzularni hamma narsadan ustun qo‘ygan bo‘lsa, yana biri uchun 16 yoshida kattagina pul topish orzulardan ustun bo‘ldi. Nima uchun bunday deganimga quyida to‘xtalib o‘taman.

Xavi Simons

Simonsni tanimaganlar uchun gollandga bitta ta’rif yetarli: “Hali katta jamoaga qo‘shilishidan ancha oldin dunyodagi eng iqtidorli futbolchi Simons edi”.  Ko‘pchilik bu fikrga qo‘shilsa kerak. Chunki Simons hali 10 yoshga kirmasidan mashhur bo‘lib ulgurgandi. Uning tashqi ko‘rinishi ham bir deganda mutaxassislarning yodida qolgan. Hamma uni Ruud Gullitga o‘xshatar edi. Xavi Simons futbolchi oilasida tug‘ilgan va uning ilk murabbiyi, o‘zining otasi Rejilyo Simons bo‘lgan. O‘g‘lining iqtidorini sezgan Rejilyo uni “Barselona” akademiyasiga olib borgan. O‘sha paytda Simons 7 yoshda edi. Xavidagi universallik hammani hayratda qoldirgan. Niderlandiyalik hujumda ham, himoyada ham birdek ajoyib iqtidorini namoyish etgan. 2016-2017 yilda u “Barselona” U-14 jamoasi sardori bo‘lgan va shu davrdan boshlab hamma uni yarim himoyachi sifatida taniy boshlagan. Xavi shu qadar iqtidorli edi-ki, yarim himoyachi holiga 25 o‘yinda 164 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. O‘sha barcha o‘yinlarda jamoasi g‘alaba qozongan va o‘yinlarning hammasida Simons eng yaxshi futbolchi deb topilgan.

Bunday mashxurlik uni juda erta ulg‘aytirdi. O‘sha mavsumdan so‘ng, Simons Mino Rayola bilan kelishib olgan va italiyalik futbol agenti endi Xavi bilan ham ishlashi kerak edi. 2019 yilda Xavi Simons o‘z orzulari va “Barselona”ni tashlab “PSJ” bilan shartnoma imzolagan. Parij klubi Xaviga yiliga 1 million yevro berishini va uch yillik shartnoma imzolashini aytgan. Albatta bu kelishuv ancha oldin hal bo‘lgan va Qatar shayxlari bu uchun ham Xavi Simonsga sir saqlangan miqdorda pul berishgan.

 Yakuniga yetgan mavsumda Simons “PSJ” tarkibida 9 ta o‘yinda maydonga tushgan va bor-yo‘g‘i bir marta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, niderlandiyalik UYEFA yoshlar ligasida 7 o‘yin o‘tkazib, 4 gol va 6 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Erta yulduz bo‘lib qolishning shunisi yomon.

Pablo Gavi

“Barselona” tarixdan ma’lumki, klubda mashxur bo‘lgan, jamoa o‘yinini shakllantirgan ramziy yarim himoyachilarning uyi bo‘lgan. Jamoaga mos yarim himoyachilar chuqur pozision tushunchasi, diqqatni torta oladigan tehnikasi va yaratuvchilik qobilyati bilan ajralib turishgan. Gavining kelajagini hamma shu yo‘sinda tahmin qilishmoqda. Unda yana bir ajralib turadigan jihat bor, bu qiziqqonlik  va xarizma. So‘nggi yillarda “Barselona”ga yetishmayotgan jihat ham shudir balkim.

Gavi haqida birinchi marta eshitib, uning chiroyli harakatlari haqidagi video(haylayts)ni izlaganimga 1 yildan oshdi. O‘sha paytda Pep Gvardiolaning shaxsan o‘zi Pabloga qiziqish bildirgan va uni “Manchester Siti” safida ko‘rishni istagani haqida xabarlar chiqqan edi. Egasi osiyolik bo‘lgan yana bir klub, iqtidorli yigitchani “yo‘ldan urmoqchi” bo‘lgan va unga katta pul taklif qilgan. Ammo Gavi “Barselona”ni pulga almashtirishni istamagan.

  Gavining o‘zi Andalusiyada tug‘ilgan va “La Lyara Balombi” jamoasi akademiyasida ilk futbol sirlarini o‘rgangan. Keyinchalik u “Betis”ga ko‘chib o‘tgan va jamoaning yoshlari uchun 95ta gol urib bergan. Shunday qilib, 2015 yilda 11 yoshli Pablo Gavi “Barselona” akademiyasiga kelib qolgan. 2020 yilga kelib 16 yoshli vunderkind “Barselona B” tarkibida paydo bo‘lgan. 2021 yilga kelib Gavini futbol olami tanidi. Ko‘pchilik futbol bilimdonlari futbolchining harakatlari Xavi va Inyestaga o‘xshashi haqida ko‘p gapirdi.

 Gavining Xavi Simonsdan yana bir ustun tomoni, u asosiy terma jamoada ham maydonga tushishga ulgurgan. Pablo Luis Enrike qo‘l ostida 2021 yil debyut qilgan va hozirgi kungacha 10 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shuningdek Gavi Ispaniya termasi safida gol urgan eng yosh futbolchi hamdir. Ispaniyalik vunderkind “Barselona” safida yakuniga yetgan mavsumda 47 uchrashuvda maydonga tushgan va 2 gol hamda 6ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Yuqorida Gavini qiziqqon futbolchi dedik, uning statistikasi buni yaqqol ko‘rsatib turipti: 47 o‘yinda 15ta sariq va 1ta qizil kartochka. Xa Pablo bu borada hali ko‘p ishlashi kerak.

Shunchaki solishtiruv natijasida Gavining poyezdi oldinga Xavi Simonsniki ortga ketganligi bir qarashda seziladi. Xavi Simons endigi mavsumni o‘zi tug‘ilgan yurt Niderlandiyada o'tkazadi. "PSV" futbolchi bilan shartnoma imzolagan. Bunday iqtidorning futbol olamida yo‘qolib ketishi albatta, muxlislar uchun yomon. Gavi esa o‘z ustida ishlashi va kelajakning Xavi yoki Inyestasi bo‘lishi kerak. Negaki, o‘sha Xavi undan buni talab qilmoqda va Yevropadagi so‘nggi murabbiyi Luis Enrike bilan birgalikda unga jiddiy ishonch bildirmoqda.  Cimons erta yulduz bo‘lgan. Uning 14 yoshidagi narhi hozirgisidan ancha baland bo‘lsa kerak. Ayni damda u 4 million yevroga baholanmoqda. Gavida esa bu sonlar ancha katta 60 million yevro.

Mirjalol Pardaboyev maqolasi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:34, 30.06.2022.
O'qildi: 5807 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.