Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Ronaldu uni zo‘ravonlikda ayblagan Ketrin Mayorganing advokatidan katta miqdorda kompensasiya undirmoqchi

Ronaldu uni zo‘ravonlikda ayblagan Ketrin Mayorganing advokatidan katta miqdorda kompensasiya undirmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchini zo‘ravonlikda ayblagan sobiq model Ketrin Mayorganing advokatidan 626 ming dollardan ortiq pul undirmoqchi.

Associated Press nashrining xabar berishicha, futbolchining advokati Piter Kristiansen AQSH okrug sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Mayorganing advokati Lesli Mark Stovalldan sud xarajatlari 626 ming dollardan ortiq miqdordagi pul undirishni so‘ramoqda.

10 iyun kuni sudya Jennifer Dorsi Stovallni «vijdoniga qarshi harakati», «o‘g‘irlangan» maxfiy hujjatlardan foydalangan nohaq xatti-harakati sabab, jazolash haqida qaror chiqardi. Sudya Mayorganing advokatini «axloqiy xulq-atvor chegarasini kesib o‘tgan va sud qoidalarini mensimagan», deb topdi.

42 sahifalik qarorda Dorsi Mayorganing da’vosini rad etdi va bu masala bo‘yicha yana sudga murojaat qilishni taqiqlash haqida qaror chiqardi. Shuningdek, Stovallning xatti-harakati Ronalduga zarar yetkazganligiga aniqlik kiritildi.

«Stovallning qo‘pol va dahshatli qilmishlari tufayli Ronaldu o‘zini himoya qilishga majbur bo‘ldi va buning uchun u shaxsan javobgar bo‘lishi kerak», — deydi portugaliyalik futbolchining advokati o‘z bayonotida.

Ronaldu va Mayorga o‘rtasidagi ushbu mashmashalar 2018 yil sentyabr oyida boshlangan edi. Ayol 2009 yili Las-Vegasda futbolchi tomonidan zo‘ravonlikka uchragani haqida ma’lum qilgandi. Model 2010 yilda Ronaldu vakillari bilan kelishuvga erishgan va 375 ming dollar evaziga ushbu ma’lumotlarni hech kimga oshkor qilmaslik bo‘yicha shartnoma imzolagan. Keyinchalik portugaliyalik pul o‘tkazganini tan olgan. 2020 yil oktyabr oyida model yana bir bor Ronaldu bilan sudlashishga harakat qildi. U 2010 yilda tuzilgan oshkor etmaslik to‘g‘risidagi shartnoma shartlarini qabul qilayotganda ruhiy holati odatiy bo‘lmaganini isbotlashga urindi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:30, 30.06.2022.
O'qildi: 3674 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик