Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 19:00 Dinamo 2-1 Metallurg
29/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
29/03 19:15 Qizilqum - Lokomotiv
30/03 01:00 Lill - Lans
30/03 01:00 Kadis - Granada
30/03 16:30 Napoli - Atalanta
30/03 17:30 Nyukasl - Vest Xem
30/03 18:00 Xetafe - Sevilya
30/03 19:00 Jenoa - Frozinone
30/03 19:00 Torino - Monsa
30/03 19:00 Andijon - Nasaf
30/03 19:00 Paxtakor - So‘g‘diyona
30/03 20:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
30/03 20:00 Sheffild Yunayted - Fulhem
30/03 20:00 Tottenhem - Luton
30/03 20:00 Bornmut - Everton
30/03 20:00 Chelsi - Byornli
30/03 20:15 Almeriya - Osasuna
30/03 21:00 Mets - Monako
30/03 22:00 Lasio - Yuventus
30/03 22:30 Aston Villa - Vulverhempton
30/03 22:30 Valensiya - Malyorka

O‘zini oqlamagan transferlar. Millionlar qurboni bo‘lgan klublar

O‘zini oqlamagan transferlar. Millionlar qurboni bo‘lgan klublar

Baho:
+ | -

Quyida e’tiboringizga futbol tarixidagi eng qimmatbaho, biroq yakunda keraksizga aylangan transferlar haqida so‘z yuritamiz.

Bu yerda millionlab yevrolar besamar sarflangan.

Zlatan Ibrahimovich

“Inter”dan “Barselona”ga 69,5 million yevro evaziga o‘tgan Ibrahimovich umuman olganda top-futbolchi va haqiqiy afsona, lekin uning o‘zi ham "Barselona"ga o‘tishi faoliyatidagi eng katta xatosi ekanligini bir necha bor tasdiqlagan. Zlatan “Kamp Nou”da qimmatli vaqtlarini yo‘qotdi, kataloniyaliklar esa undan kam bo‘lmagan mablag‘ yo‘qotdi. Ibrahimovich keyinchalik "to‘psiz qo‘rqoq" degan nom oldi. Futbolchining "Barselona" va Gvardioladan hafsalasi pir bo‘ldi.

Romelu Lukaku

“Everton”dan “Manchester Yunayted”ga (85 million yevro)

Belgiyalik hujumchi "Everton"da o‘ynab, Premyer-ligada o‘zini ko‘rsatdi, ammo "Manchester Yunayted" Romelu timsolida mukammal hujumchiga erisha olmadi. Sulsher qo‘l ostida uning o‘yin vaqtida qisqarishlar sodir bo‘ldi, futbolchi formasini yo‘qotib qo‘ydi va yakunda “Inter”ga o‘tib ketdi.

Kepa Arrisabalaga

("Atletik"dan "Chelsi"ga 80 million yevro)

Futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon ikki mavsumini “Chelsi” safida to‘liq o‘tkazdi xolos. Biroq so‘nggi ikki yil davomida “ko‘klar”ga deyarli to‘rt baravar arzonga tushgan Eduard Mendi soyasi ostida zaxirada qolib ketdi.

Kepa shu yozda "Stemford Brij"ni tark etishi mumkin va uning "Chelsi" haqidagi esda qolarli xotiralari Liga kubogining jamoasi mag‘lubiyatga uchragan ikki finalida sodir bo‘ldi.

Alvaro Morata ("Real"dan "Chelsi"ga 66 million yevro)

Alvaro Morata - iqtidorli hujumchi, agar ruhiy muammolar bo‘lmaganida, u bundanda ajoyib o‘yin ko‘rsatishi mumkin edi. «Chelsi» 2017 yilda Alvaroga pul tikishga qaror qilgan, biroq ispaniyalik futbolchi bunga rozi bo‘lmagan. "Chelsi"da bir yarim yil ichida Morata 18 ta gol urdi, bu hujumchi uchun tikilgan 66 million yevro oldida achinarli holat albatta.

Nikolya Pepe ("Lill"dan "Arsenal"ga 80 million yevro)

Kot-d'Ivuarlik hujumchining Fransiya chempionatidagi muvaffaqiyatli mavsumi “Arsenal”ni shu qadar hayratda qoldirdiki, “kanonirlar” 80 million yevroni uning uchun sarflab yubordi. "Arsenal"dagi uch yillik faoliyati davomida Nikolya faqat 2020/21 yilgi mavsumdagina muxlislarga yoqadigan o‘yin namoyish qildi xolos. Ammo keyingi mavsumda Pepe Premyer-ligada atigi bitta gol urdi.

Xames Rodriges ("Monako"dan "Real"ga 75 million yevro)

Florentino Peres 2014 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylangan yosh Xames bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. Bu Peresning Kolumbiyadagi biznesi uchun ham foydali edi. Rodriges uchun "Real" Anxel Di Mariyani qurbon qildi.

To‘g‘ri, Madriddagi birinchi mavsumida Xames vaqti-vaqti bilan tomoshabinlarni hayratga solib turdi, ammo Zidan qo‘l ostida kolumbiyalik futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini va intizom bilan bog‘liq muammolar tufayli Zizuning hurmatini yo‘qotdi. Rodriges “Real”ni erkin agent sifatida tark etdi va 30 yoshida Qatar chempionatiga yo‘l oldi.

Romelu Lukaku (“Inter”dan “Chelsi”ga 113 million yevro)

Lukaku o‘tgan yozda Londonda "tugallanmagan ishi" borligini aytib, "Chelsi"ga qaytgan edi. Biroq bir mavsum ham o‘tmasdan Romelu "Inter"ga 8 million yevro evaziga ijaraga qaytishga majbur bo‘ldi. Buni "Chelsi" uchun haqiqiy falokat deb atash mumkin. Jamoa Lukaku uchun yuz yarim million yevro sarfladi, biroq futbolchi ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsatib bera olmadi.

Eden Azar ("Chelsi"dan "Real"ga 115 million yevro)

Azar yoshligidan "Real"da o‘ynashni orzu qilgan edi, ammo belgiyalik futbolchi faoliyatidagi asosiy muammoga aynan shu yerda ro‘baro bo‘ldi. Juda ko‘p orttirilgan jarohatlar va uch yil Madriddagi unumsiz mavsumlar. O‘tgan mavsumda Eden o‘zi orzu qilgan cho‘qqiga chiqdi - u Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, ammo g‘alabali mavsumda u maydonda umumiy 83 daqiqa o‘ynadi xolos. Shundan so‘ng ham chempionlik tatigan deb o‘ylaysizmi?

Azar klub va sheriklarini tushkunlikka solayotganini tushunadi, "Real"dagi uch mavsumdagi o‘yinlarini munosib baholaydi va eng yaxshi formaga qaytishga va’da beradi, ammo hozircha bu faqat so‘zlarda qolib ketmoqda.

Filippe Koutinyo (“Liverpul”dan “Barselona”ga 135 million yevro)

Grizmann, Dembele va Koutinyoning xaridlari orqali Joan Laporta yangi tizim tuzmoqchi bo‘ldi. Biroq bu aks ta’sir ko‘rsatdi. "Barselona"ning hozirgi ayanchli moliyaviy ahvolining uchta muhim sababi ham aynan shu futbolchi. "Liverpul" Koutinyoni o‘z vaqtida va foydali sotdi, "Barselona" to‘g‘ridan to‘g‘ri buning qurboni bo‘ldi.

Filippning "Barselona"ga o‘tgandan so‘ng faoliyatidagi eng yorqin voqea "Bavariya" uchun kataloniyaliklarga qarshi dublga erishgani bo‘ldi. O‘sha uchrashuv 8:2 hisobida yakunlangan edi. Bu yozda esa Koutinyo nihoyat Angliyaga qaytdi: “Aston Villa” uning uchun 20 million yevro to‘lagan.

Kiritildi: 06:09, 02.07.2022.
O'qildi: 4342 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.