Fernando Yerro ko‘plab Madrid muxlislari uchun kumirdir. Futbolchi sifatida u "Real Madrid" bilan beshta chempionlik, uchta Chempionlar ligasi va boshqa bir qancha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. U ajoyib murabbiylik yoki menejerlik martabasiga ega bo‘lishi bashorat qilingandi. Ammo 2018 yilda ishlar rejadagidek bo‘lmadi.
Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan Ispaniya terma jamoasi tarkibida qanday o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘pchilik hali ham eslaydi. Jamoani turnirga tayyorlagan Xulen Lapetegi birinchi o‘yindan bir necha kun oldin iste’foga chiqish haqida ariza yozgandi.
Sababi "Real" bilan imzolangan shartnoma. Paradoksal holat, ammo federasiyaning aynan shu fakt tufayli jahli chiqqan. Aytilishicha, murabbiy o‘z ishini qilish o‘rniga klub bilan muzokara olib borgan. Ketish haqidagi qaror juda tez qabul qilindi. Uning o‘rniga nomzod topish ham osn bo‘lmagan.
Federasiya Rafa Benites va boshqa ispanlar bilan shoshilinch muzokaralar olib borilishi haqida yozishdi, ammo yakunda federasiya kutilmagan tanlov qildi. Ular terma jamoa bosh menejeri Fernando Yerroni jamoaga mas’ul etib qo‘yishdi. Yerro 2007 yildan buyon federasiya rahbariyatida ishlab kelayotgandi. 2014 yilda u "Real Madrid"da Anchelottining yordamchisi bo‘lish uchun menejerlik yo‘lini to‘xtatdi, keyin Ovedoda qisqa muddatli mustaqil mashg‘ulot qildi va federasiyaga qaytdi, lekin allaqachon terma jamoaning sport direktori sifatida. Lopetegi bilan birgalikda terma jamoani jahon chempionatiga tayyorlashlari kerak edi.
Yerro o‘zini diplomatik tarzda tutdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zidan oldingi rahbarni ishdan bo‘shatish bilan hech qanday aloqasi yo‘q va uning vazifasi yangi lavozimda maksimal darajada ishlash edi. U ikkinchi turdayoq Eronni mag‘lub etib, minimal vazifani bajardi. Marokash bilan durang o‘ynagan ispanlar guruhda birinchi o‘rinni egallab, 1/8 finalga yo‘l olishdi.
Uchrashuv davomida Ispaniya ustunlik qildi, biroq asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar durang bilan yakunlandi – 1:1. Va keyin o‘sha penaltilar sodir bo‘ldi, o‘yinni mezbonlar uchun Akinfeev qutqardi. Bir yil o‘tgach, Yerro tijorat tadbiri uchun Rossiyaga keldi va o‘sha uchrashuv haqida his-tuyg‘ularsiz gapirdi.
“Albatta, Rossiyaga qarshi mag‘lubiyatni unutganim yo‘q. Bu men uchun ham, futbolchilar uchun ham juda og‘riqli bo‘ldi. Lekin bu futbol - jamoangiz penaltilar seriyasida adolatli g‘alaba qozondi. Yana nima deyish mumkin...
Rossiya meni hayratda qoldirdi deb ayta olmayman. Men futbolchilarni shu maqsadda tayyorlaganman. Qattiq himoya, beshta himoyachi, yurakdan ishtiyoqli o‘yin, zo‘r jismoniy tayyorgarlik. Men Rossiyadan shunday futbol kutgandim. Va shunday bo‘ldi.
Yirik turnir mezbonlari har doim aqldan ozgan holda o‘ynashadi. Yaxshi ma’noda. Ular bu o‘z hayotlarining o‘yini ekanini, tribunalarda o‘n minglab, televizorlari oldida millionlab odamlar ularga intiq o‘tirganini tushunishadi.
O‘ylaymanki, Ispaniya Rossiyadan yaxshiroq o‘ynadi. To‘pni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik, Akinfeev darvozasiga yo‘l topdik. Lekin sizning darvozaboningiz ajoyib o‘ynadi, haqiqiy emas... Shunchaki devor! Penaltigacha Igorning ikki-uch seyvlari sehrli edi. Akinfeev - Ispaniyaga qarshi o‘yinning haqiqiy qahramoni”, - degan edi Yerro Sport24 nashriga.
Rossiyadan mag‘lubiyatga uchragach, Fernando bosh murabbiylikdan iste’foga chiqdi. Va shu bilan birga u sport direktori lavozimiga qaytishdan bosh tortdi. Taxminan bir yil o‘tgach, u boshqa mamlakatda ishlash uchun ingliz tilini o‘rganishni boshlagani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, ammo u jiddiy taklif olmagan.
Ammo 2019 yilda Yerro Rossiyadagi klubni boshqarishga tayyorligini ochiqchasiga aytdi.
“Agar Rossiya klubi menga shartnoma taklif qilsa nima bo‘ladi? Men buni mamnuniyat bilan ko‘rib chiqaman! Men takliflarga ochiqman. Sizda ajoyib mamlakat bor. Men bu yerda yetti-sakkiz marta bo‘lganman. Bu har doim juda yoqimli edi. Xo‘sh, o‘sha o‘yindan tashqari..." dedi u o‘sha intervyusida.
Biroq, Fernando futbol ichida ish topa olmadi. Endi u asosan matbuotda yoki televideniyeda mutaxassis sifatida ishlamoqdi. Ko‘rinishidan, Rossiyadan uchralgan mag‘lubiyat uning obro‘siga jiddiy zarba berdi. Biroq, u endigina 51 yoshda. Shuning uchun biz Yerro haqida albatta yana eshitamiz, yozamiz.