Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

«Neftchi»ning yangi bosh murabbiyi qaysi jamoalarda ishlagan?

«Neftchi»ning yangi bosh murabbiyi qaysi jamoalarda ishlagan?

Baho:
+1 | -

“Neftchi” jamoasiga yangi bosh murabbiy va jamoa direktori tanishtirildi.

Kecha Viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi rahbari Xayrullo Bozorov, Farg‘ona shahar hokimi, “Neftchi” klubi prezidenti Vosiljon Nazarov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda “Neftchi” jamoasining yangi bosh murabbiyi jamoaga va muxlislarga tanishtirildi.

"Neftchi" PFKning yangi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko tojik futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lsa-da, asosiy futbolchilik faoliyati Ukrainada (“Dinamo” Kiyev, SSKA, “Tavriya” jamoalari) hamda Rossiyada (“Volgar”, “Dinamo” Stavropol, “Spartak” (Kostroma) va “Ural” jamoalari) o‘tgan. Bir mavsum Xitoyning "Chanchun" klubi sharafini ham himoya qilgan. Tojikiston terma jamoasida 9 ta o‘yinda maydonga tushgan.

UEFAning PRO lisenziyasiga ega, u 2005 yildan murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. Ukrainaning “Knyaja”, “Arsenal”, “Desna”, “Ednist” jamoalarida, Ukraina yoshlar terma jamoasida murabbiylik qilgan. Tojikiston terma jamoasi murabbiyi, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Tojikistonning, “Barkchi”, “Xo‘jand” jamoalarida bosh murabbiy, Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasida murabbiy bo‘lgan. 2020 yildan Dushanbening “Istiqlol” jamoasini boshqarib keladi. 2021 yili OFK Chempionlar Ligasidagi debyut mavsumida guruh bahslarida birinchi o‘rinni egallab, jamoasini 1/8 finalga olib chiqqan.

Bugun marosimda, shuningdek, Muhsinjon Mehmonov iste’foga chiqarilgan Zohidjon G‘ofurov o‘rniga “Neftchi” klubining yangi bosh direktori sifatida tanishtirildi. Saidabzal Abdullayev esa “Neftchi” jamoasining matbuot xizmati yangi rahbari bo‘lib ish boshladi.

Ma’lumot o‘rnida, "Neftchi" futbol klubi 2022 yil Superliga uchrashuvlarida o‘z imkoniyatlaridan oqilona foydalana olmay, ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchraganligi va turnir jadvalida oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qolganligi, rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlay olmaganligi bois, jamoa bosh direktori Zohidjon G‘ofurov hamda bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov o‘z arizalariga binoan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilib, iste’foga chiqarildi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 09:04, 03.07.2022.
O'qildi: 2711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик