Krishtianu Ronaldu haqida ma’lumotlar chiqqanda, hech bir insayder uni “MYU”da 100% qoladi deya olmaydi. Krishtianuning jamoasiga bo‘lgan muhabbati cheksiz, ammo uning maqsadlari haqida ham o‘ylash kerak. KriRo Chempionlar ligasini salkam o‘zining turniri qilib olgan va bu musobaqada qatnashishni, yaxshi natijalar ko‘rsatishni istaydi. Ho‘sh Ronaldu Manchesterdan ketsa, uning keyingi klubi qaysi bo‘ladi?
"Chelsi" va "Milan" favoritlar
Ronaldu Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoa tarkibida bo‘lishni istaydi. Tuxel "Chelsi"ga injiq Neymarni sotib olishni taklif qildi, ammo "aristokratlar"ning yangi xo‘jayini Ronalduning transferini amalga oshirish mumkinligi haqida o‘ylamoqda. O‘tgan hafta Boyeli Ronalduning agenti Mendes bilan kechki ovqat vaqtida uchrashdi. Shuningdek, portugaliyalik agent "Roma" vakillari bilan ham ko‘rishgan. Ammo rimliklar varianti Ronalduga unchalik ma’qul emas. Chunki Mourinyo shogirdlari Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi.
Ammo "Milan" - bu variant,CHunki jarohatlar va qarilik tufayli Ibra va Jiru asosiy tarkibning doimiy a’zosi bo‘la olmaydi. Originiing darajasi esa unchalik yuqori emas. Shuningdek, “Bavariya” mantiqan Ronaldu uchun kurashishi mumkin. Kan va Salihamidjich Levandovskining o‘rnini to‘ldirishi kerak. Mane ajoyib futbolchi, lekin mashhurlik borasida uni Ronaldu bilan solishtirib bo‘lmaydi.
Tahmin qilinadigan o‘zgarishlar
Ten Xag Rangnik bilan ishlashdan bosh tortdi va uni butunlay “MYU”dan ketishiga sababchi bo‘ldi. Ko‘proq transfer huquqini so‘ragan murabbiyning 37 yoshli futbolchi atrofida o‘yin qurishiga ishonish mumkinmi? Erik Ronalduning tajribasi jamoaga yakunda foyda keltirishi haqida aytgan bo‘lsa-da, ko‘plab mutaxassislar ten Xagning falsafasi butunlay boshqacha ekanligini ta’kidlamoqda.
Hujumchi gollar urdi, ammo u avvalgi Krishtianu emas. Bundan tashqari, Ronaldu sayyoradagi eng mashhur sportchilardan biri. Shu sabab futbolchi uchun doim sovrinlar yutish asosiy vazifadir. “Manchester Yunayted” esa Premyer-ligada chempionlikka nomzod emas, raqiblar ob’ektiv jihatdan ancha kuchli.
Krishtianu mag‘lubiyatni hammadan ko‘ra ko‘proq yomon ko‘radi. U g‘alaba qozonib o‘rgangan. Shunday ekan, uning “Manchester Yunayted”ni tark etish istagi ajablanarli emas.
Ronaldu keraksiz bo‘lib qolmoqda
Futbolchining manfaati haqida gapiradigan bo‘lsak, u uchun YECHLda ishtirok etadigan jamoa emas, balki o‘zining eng yaxshi fazilatlarini ko‘rsata oladigan klub topgani ma’qul. Yangi “Manchester Yunayted” haqida gapiradigan bo‘lsak, 37 yoshli hujumchiga ishonib qolish ham xavfli, ammo hujum markazida boshqi yaxshi hujumchisi yo‘qligi ham bor gap. "Bavariya" Levandovski o‘rniga hujumchi topadi. Ular hech bo‘lmaganda Klopp kabi Maneni markazda o‘ynatishlari mumkin. “PSJ” Skamakka bilan shartnoma imzolashi mumkin. Garchi har qanday yoshda Ronaldudan ancha kuchsizroq bo‘lsa-da, italiyalikning pulga sotib olib bo‘lmaydigan ustunligi bor – vaqt. Buni ten Xag aniq tushunadi. Agar uning “Manchester Yunayted”i yangi mavsumda Krishtianuga yanada qaram bo‘lib qolsa, strategik jihatdan bu qo‘pol xato.
Ketish oqilona qarordek ko‘rinmoqda. "Milan" yaxshi variantga o‘xshaydi - bir nechta "Oltin to‘p" sohibi aynan shu klubda faoliyatini tugatgan, afsonalar bilan shartnoma imzolash an’anasi bor. "Chelsi" esa 37 yoshdagi futbolchi uchun noqulay klub, chunki Ronaldu hujumda pressing qiladigan jamoada o‘ynab ketishi qiyin. To‘g‘ri Ronaldu ko‘p gol uradi. Bunaqa hujumchi har bir jamoaga kerak. Ammo, Ronalduning gol urishdagi ustunligi “Yuventus”ga strategik jihatdan hech narsa bermagan edi.