Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Vitaliy Levchenko: «Yuriy Sarkisyanni «Neftchi» o‘yinlaridan biriga taklif etib, qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman»

Vitaliy Levchenko: «Yuriy Sarkisyanni «Neftchi» o‘yinlaridan biriga taklif etib, qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman»

Baho:
+ | -

Ma’lumki, "Neftchi"ni og‘ir ahvoldan chiqarib, ilgarigi shahdam qadamlarini tiklash maqsadida jamoa rahbariyati yangilandi. Tojikiston futbolida mas’ul vazifalarda ishlab, jamoatchilik orasida izzat-hurmat va obro‘-e’tibor qozongan Vitaliy Levchenko "Neftchi" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Biz unga qator savollar bilan murojaat qildik.

— Siz o‘zbek futboli va "Neftchi" klubi haqida qanday tasavvurga egasiz?
— O‘zbekistonda futbol yaxshi rivojlanmoqda. Barcha jamoalar o‘z imkoniyatiga qarab yaxshi shakllangan. Shu bois, natijalar qanday bo‘lishini oldindan aytish qiyin. O‘zbek futbolchilari o‘z mamlakatidagina emas, balki Osiyo davlatlarida ham o‘z imkoniyatlarini namoyish etib kelmoqdalar. "Neftchi" jamoasida malakali o‘yinchilar yetarli. Lekin, buning amaliy natijasi sezilmayapti. Murabbiylar shtabi ana shu masalalar bilan jiddiy shug‘ullanishi kerak. "Neftchi" boy tarix va an’analarga ega. Biz hammamiz hamkorlikda ana shu an’ana va obro‘ni tiklashimiz lozim. Klub tarixida o‘zbek futboli afsonalaridan biri Yuriy Vazgenovich Sarkisyanning alohida o‘rni bor. Men uni jamoaning Farg‘onadagi uchrashuvlaridan biriga taklif etib, qilgan samarali mehnatlari uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildirib, yaxshilikka-yaxshilik bilan e’zozlash tashabbusi bilan chiqmoqchiman.

— Siz kelguningizga qadar jamoa chempionatning birinchi davrasini 13-o‘rinda yakunladi. Ana shu og‘ir ahvoldan chiqish yo‘li nimadan iborat deb o‘ylaysiz?
— Bizda ikkinchi davraga tayyorgarlik rejasi mavjud. Biz bu rejalarni to‘la amalga oshirish uchun jiddiy mas’uliyat bilan ish olib borishimiz kerak.

— Siz jamoaning milliy chempionatdagi bellashuvlariga nazar tashlaganmisiz?
— Menda jamoamiz haqida ayrim axborotlar bor. Lekin, endilikda nima ish bilan shug‘ullanish va qaysi pozisiyani kuchaytirish lozimligi haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur.

— Ayni paytda klubda 3 nafar legioner bor. Jamoani kuchaytirish uchun ularni 5 nafarga yetkazish kerak. Siz bu haqda o‘ylab ko‘rdingizmi?
— Biz bu masalani chuqur o‘ylab hal qilamiz. Chunki, jamoani tubdan yaxshilash uchun mas’uliyatni chuqur his etadigan malakali futbolchilar kerak.

— O‘zbek klublarida faollik ko‘rsatib, o‘ynayotgan tojikistonlik yigitlar ko‘p. Ular orasida Akmal Xolmatov, Rahmatulla Fuzaylov, Ehsoni Payshanbe bor. Siz yangi murabbiy sifatida jamoaga Tojikiston futbolchilaridan taklif etish niyatingiz bormi.
— Qo‘lida Tojikiston pasporti bo‘lgan futbolchini jamoaga taklif etishda hech qanday mantiq yuq. Bizga oldimizdagi vazifani yaxshi tushunadigan va maydonda mas’uliyatni chuqur his etib, harakat qiladigan mahoratli futbolchilar kerak. Ular mahalliy sharoitni va milliy an’analarni yaxshi bilishlari va doimo yuksak marralarga intilishlari kerak.

— Murabbiylar shtabini shakllantirish uchun o‘zingiz bilan ishlagan yoki siz yaxshi biladigan mutaxassislarni taklif etasizmi?
— Ha, deyishim mumkin. Bu borada jalb etilgan mutaxassislar talab va mas’uliyatni yurakdan his etib, yuksak marralarni egallash uchun butun vujudi bilan oldinga intilishi kerak. Bizning harakatimiz shveysariya soati kabi aniq va bexato bo‘lishi kerak.

— Jamoa ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlikni qachon boshlaydi?
— Belgilangan reja asosida 7 iyul kuni ish boshlaymiz.

— Klub muxlislari haqida qanday fikrdasiz?
— Farg‘ona futbol ishqibozlari o‘z jamoalariga mehr va sadoqatlarini azal-azaldan namoyish etib kelmoqdalar. Ularning jamoamizga hurmat va ehtiromi "Neftchi"  yuksak cho‘qqilariga ko‘tarilgan yillarda juda baland edi. Biz o‘sha ehtiroslarni qaytarish uchun "Neftchi"ning azaliy g‘olibona yurishlarini tiklashimiz va o‘zbek futbolida o‘z o‘rnimiz va mavqeimizga ega bo‘lishimiz kerak. Shunga intilamiz.

— Yaqinda ishga kelgan serbiyalik mutaxassis Milan Chirich haqida nima deya olasiz?
— U yangilangan murabbiylar shtabida biz bilan birga ishlaydi.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 21:17, 03.07.2022.
O'qildi: 2331 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.