Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

UYEFA: Yangi turnir qariyb tayyor

UYEFA: Yangi turnir qariyb tayyor

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

UEFA tomonidan tashkil etiladigan yangi musobaqalarni sog‘indingizmi?

Aftidan, yana bittasi tayyorga o‘xshaydi - L~Equipe nashrida yozilishicha, klublar o‘rtasida «To‘rtlik finali» formatidagi yangi musobaqa ishlab chiqilmoqda. Uni ilk marta 2024 yilning yozida sinab ko‘rish, keyin esa har yili o‘tkazish rejalashtirilgan.

Potensial translyasiya vakillariga yetkazilgan hujjatda qayd etilishicha, musobaqa ikkita yarim final, uchinchi o‘rin uchun bahs va finaldan iborat bo‘ladi. Mezbonlik katta ehtimol bilan AQSHga topshiriladi. Maqsad - 2024 yildan yangicha formatda o‘tadigan Chempionlar Ligasini kengroq targ‘ib etish. Shuningdek, daromadlarni oshirish ham ko‘zda tutilgan. Bu yangi turnir boshlanishi sabab o‘zgarishi kutilayotgan Yevropa Superkubogiga muqobil bo‘lishi mumkin. Endilikda Superkubokda Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasi g‘oliblari to‘qnash kelishadi.

Jamoalar qay taxlit saralanadi? Hozircha aniq formula yo‘q. L~Equipe ma’lumotiga ko‘ra, YECHLning amaldagi g‘olibi ishtirokchilardan biriga aylanadi. Ushbu bosqichdagi qolgan uch klub «o‘ta muvaffaqiyatli jamoalar» sifatida tavsiflanadi.

Nega aynan AQSH? Chunki u yerda talab va pullar bor. Amerikalik investorlarning top-klublar bilan turli formatdagi tijoriy turnirlar masalasini muhokama qilishayotganiga ancha bo‘ldi. Dialogda UYEFA ham qatnashmoqda. Ittifoq Xalqaro chempionlar kubogi tashkilotchisi - Nyu-Yorkning Relevent Sports Group kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatgan. Bu mavsumoldi o‘rtoqlik musobaqasi AQSHda o‘tkazilib, unda Yevropaning ko‘plab top-klublari qatnashadi. Asosiy vazifa - ushbu nazorat o‘yinlariga yanada ta’sirchan va daromadli struktura baxsh etish.

Turnir taqvimga qanday moslashtiriladi? Mavsumoldi yig‘inlari vaqti top-klublar odatda bir-birlariga sparring raqib bo‘lishadi. Agar formatni qabul qilishsa, «To‘rtlik finali» ishtirokchilaridan turnir motivasiyasiga ega bo‘lmagan ayrim uchrashuvlarni qurbon qilish talab etilishi mumkin. UYEFA bunday musobaqalarni o‘tkazish evaziga asosiy taqvimni buzishni istamasligi turgan gap.

Hozirning o‘zida e’tirozlar uchramoqda. Fransiya professional futbolchilar kasaba uyushmasi (UNFP) UEFA manziliga kinoyali tanqid yo‘llashga ulgurdi: «Rahmat, UEFA! Millatlar ligasidagi jarohatlangan futbolchilar va qiziqishning sustligidan kelib chiqqan ishtiyoq to‘lqinida nihoyat, UEFA bizni eshitdi, nihoyat, UEFA bizni tushundi, endi UEFA, nihoyat, kutganimizga yarasha javob berdi... Avgust o‘rtasida AQSHda o‘tadigan yangi turnir tashkil etdi. Bu UEFA futbolchilar sog‘lig‘i va futbol jozibasini o‘ylamay, faqat g‘aznasini boyitishni o‘ylaydi, deganlarning og‘zini yumish uchun yetarli. Zero, shundoq ham bema’ni ko‘rinish olgan xalqaro taqvimni yana bir yangi musobaqa tashkil etmay turib yana qanday yengillatish mumkin? Buni o‘ylab ko‘rish va qaror chiqarish kerak edi. UEFA xuddi shunday qildi».

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:15, 04.07.2022.
O'qildi: 3370 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.