"Yuventus" yarim himoyachisi Rolando Mandragora "Fiorentina"ga safiga borib qo‘shildi, deb xabar berdi florensiyaliklar sayti.
Avvalroq "binafsharanglilar" u bilan yiliga 1,6 million yevro maosh bilan 4+1 ko‘rinishida shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.
25 yoshli yarim himoyachining transferi summasi 10 million yevroga (bonuslar bilan birga) baholanmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Mandragora "Torino"da ijara asosida o‘ynadi, jamoa safida 23 o‘yinda 1 gol va 2 golga assistentlik qildi.