Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

RPL klubi «Nasaf»ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

RPL klubi «Nasaf»ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Rossiyaning «Nijniy Novgorod» klubi «Nasaf» himoyachisi Sherzod Nasrullayevga qiziqish bildirmoqda. Rossiyalik jurnalist Anar Ibragimov tarqatgan xabarga ko‘ra, "ajdarlar" o‘z futbolchisi uchun 250 ming dollar va futbolchining keyingi transferidan 20% ulush so‘ramoqda.

Nijniy novgorodliklar esa 200 ming dollari va 15 foizlik ulush taklif qilishdi. Bu taklif «Nasaf»ni qanoatlantirmadi. Shu bois, tomonlar muzokarani vaqtinchalik to‘xtatishdi.

Shuningdek, manbaga ko‘ra, Nasrullayevga Turkiya chempionati jadvalining quyi qismidagi ba’zi klublar qiziqish bildishgan (jumladan, Superliga debyutanti «Umraniyespor» klubi). Ammo Sherzod aprel oyida jarohat olgani uchun futbolchining Turkiyaga ko‘chib o‘tishi vaqtinchalik to‘xtab qoldi.

«Turk klublari nomidan agentlar aloqaga chiqishgan. Muzokaralar hozirda sust kechmoqda. «Nijniy Novgorod» esa Nasrullayevga bo‘lgan qiziqishni saqlab turibdi», – deya xabar tarqatdi.

Bundan tashqari, «Nijniy Novgorod» klubi «Nasaf» Husayn Norchayevga ham qiziqish bildirgan. Ma’lumotlarga qaraganda, «Nasaf» 20 yoshli futbolchi 700 ming dollar so‘ramoqda, ammo bu summa rus klubini qanoatlantirmayapti», – deyiladi manbada.

Jurnalist Anar Ibragimovga ko‘ra, «Nijniy Novgorod» dastlab Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni sotib, so‘ngra «Nasaf»dan Sherzod Nasrullayevni sotib olishni rejalashtirgan. Hozircha 21 yoshli futbolchi borasida rasmiy takliflar yo‘q. Ammo klub bunday taklif bo‘lishiga albatta ishonmoqda.

Ma’lumot o‘rnida. Nasrullayev o‘tgan mavsumda «Nasaf» safida 22ta o‘yinda ishtirok etib, 3ta gol va 7ta assist muallifiga aylangan. Sherzod joriy mavsumda 6ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 18:34, 05.07.2022.
O'qildi: 5601 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик