Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Arosatda qolgan De Yong. U sobiq murabbiyiga ergashadimi yoki tizimli futbolni tanlaydimi?

Arosatda qolgan De Yong. U sobiq murabbiyiga ergashadimi yoki tizimli futbolni tanlaydimi?

Baho:
+ | -

"Barselona" uchun endi De Yong keraksizdek ko‘rinmoqda. Frenkini sobiq murabbiyi Angliyaga taklif qilmoqda. Xo‘sh, Frenkini bunga ishontirish mumkinmi?

De Yong endigina "Ayaks"dan "Barselona"ga o‘tganida, bu kelishuv jiddiy va uzoq davom etadigandek ko‘rindi. Ushbu transfergacha yosh gollandiyalik amsterdamliklar safida o‘z o‘rnini egallab, jamoa o‘yinini qurishda hal qiluvchi rol o‘ynagandi.

"Ayaks" 2018/2019 yilgi mavsumni nihoyatda muvaffaqiyatli o‘tkazdi - "Real Madrid" Chempionlar ligasining pley-off bosqichidan chiqarib yuborildi, keyin esa "Yuventus" to‘xtatib qolindi, lekin finalga bir qadam qolganda jamoa taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi. ("Tottenxem"ga uchralgan mag‘lubiyat).

"Ayaks" futbolchilarining nomlari ko‘pchilikka ma’lum edi, shu bois bu kataloniyaliklar imidjiga muvofiq keldi.

Uch mavsum davomida de Yong "Barselona"ga ko‘nikib qoldi: u muntazam ravishda Ispaniya chempionati o‘yinlarida maydonga tushdi (98 o‘yin), 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Buning fonida esa, to‘satdan boshqa klublarga mumkin bo‘lgan transfer haqida mish-mishlar paydo bo‘la boshladi.

"Manchester Yunayted" 85 million yevro berishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, birinchi insayderlar aprel oyida paydo bo‘ldi - Catalunya Ràdio xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag 25 yoshli yarim himoyachi bilan qayta ishlashni istamoqda. Uning qo‘l ostida de Yong "Ayaks"da muvaffaqiyatli o‘ynagandi. Qayd etilishicha, «mankunianliklar» rahbariyati «ko‘k-anorranglilar»ga taxminan 70 million yevro tovon puli to‘lashga tayyor. Ommaviy axborot vositalarida chiqqan bitim miqdori esa asta-sekin o‘sib bordi va oxir-oqibat 85 millionga borib taqaldi.

"Yunayted" uchun de Yongni sotib olish varianti istiqbolli ko‘rinmoqda. Yarim himoyachi "Barselona"da o‘ynash misolida yangi chempionat voqeligiga moslasha olishini ko‘rsatdi. Qolaversa, Ten Xag gollandiyalik yarim himoyachining kuchli tomonlarini biladi, uning atrofida o‘yin qurish ayni paytda mutaxassisning bosh maqsadlaridan biriga aylangan. De Yongga shuningdek, "Ayaks"dagi sobiq sherigi Donni van de Bek ham moslashib olishiga yordam beradi.

Ushbu transfer Pol Pogbaning o‘rnini qoplashi mumkin. Uning ketishi bilan jamoadagi mikroiqlim yaxshilanishi kerak - fransuz futbolchisi "Yunayted"da o‘ynab yurgan vaqtida uning ketish istagi, keyin qolish niyati, keyin esa maoshidan noroziligi haqida mish-mishlar tarqalib turardi. Bu esa tabiiyki, klub ichki muhitini buzgani rost. Agar Pogba bilan xayrlashish variantining o‘zi jamoa muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, de Yong albatta, yo‘qolgan balansni tenglashtiradi.

"Barselona"ga ayni damda pul juda zarur.

Frenki de Yongni sotish imkoniyati haqidagi ilk xabarlarga qaytsak, muzokaralar chog‘ida "Barselona" vakillarining o‘zlari Yevropa klublariga futbolchi xizmatini taklif qilishgan. "Barsa" prezidenti Joan Laporta o‘tgan yozda aytganidek, Kataloniya jamoasining moliyaviy muammolari hal bo‘lmadi. Shu sababli majburiy transferlar zarur.

«Taxminan 200 million yevro yo‘qotishni kutgan edik, ammo biz rekord darajadagi 487 million yevro sari intilyapmiz. Bu esa juda yomon. Homiylar bilan yanada yaxshiroq ishlashimiz kerak. Hatto agent bo‘lmagan vositachilar uchun ham kerak bo‘lmagan summalar to‘langani aytildi. Bu bizga 40 million yevroga tushdi», — deydi Laporta.

O‘tgan mavsum yakunlanishiga biroz vaqt qolganida "ko‘k-anorranglilar"lar bosh murabbiyi Xavi quyidagi gaplarni ta’kidlagan edi:

Men de Yongni juda muhim futbolchi deb bilaman. U deyarli har doim asosiy tarkibda maydonga tushardi, agar rotasiyani hisobga olmasa albatta. U tizimga bo‘ysunuvchi o‘yinchi. Lekin klubdagi moliyaviy ahvolni hisobga olish kerak. Bu faqat Frenki haqida emas, men umuman vaziyatni nazarda tutyapman. Men qaror qabul qilish jarayonida muhim rol o‘ynayman, lekin barchasi moliyaviy ahvolga bog‘liq.

Marca taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha qolgan 4 yil uchun kataloniyaliklar de Yongga ehtimoliy bonuslarni hisobga olmaganda 88,58 million yevro to‘lashlari kerak bo‘ladi. Shartnoma imzolangandan so‘ng gollandiyalik yarim himoyachining "Barsa"dagi belgilangan maoshi 14 million yevroni tashkil qildi.

Natijada, de Yong xizmatlaridan voz kechib, «Barselona» asosiy futbolchisidan ayriladi, ammo moliyaviy ahvolini yaxshilagan bo‘ladi. Ular katta maoshdan qutuladi va tovon puliga ega bo‘ladi.

Biroq De Yong ushbu transferga rozi bo‘lishga shoshilmayapti.

Kelishuv hamma uchun yutuqdek ko‘rinishi mumkin, ammo Frenkining o‘zi Angliyaga ko‘chib o‘tishni istamasa kerak. Joriy yilning aprel oyida Catalunya radiosi jurnalisti vaziyatni shunday tasvirlab berdi:

Frenkiye de Yong rozi bo‘ladigan yagona variant - Erik ten Xag bilan ishlash. Qolaversa, u top-klubga o‘tmoqchi. Xavi Frenki qolishini istaydi, lekin agar "Yunayted" kelib 70 million yevro taklif qilsa, "Barsa" uni ketishga ko‘ndirishga harakat qiladi.

Iyun oyi oxirida De Yong yaqin orada "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bundan oldin Cadena SER 25 yoshli yarim himoyachi transferga rozi bo‘lmagani haqida xabar bergandi.

“Men “Barselona”da ekanligimdan juda xursandman: yoshligimdan bu yerda bo‘lishni xohlaganman, shu ma’noda orzuim ushaldi. Lekin, albatta, dastlabki ikki yil ichida qo‘lga kiritganimizdan ko‘ra ko‘proq sovrin yutishni istardim", - deydi de Yong.

Gollandiyalikning pozisiyasi juda tushunarli - u bir necha yildan beri "Barselona"da, kataloniyaliklarning o‘yinini va undagi o‘rnini tushunadi, asosiy tarkibda muntazam ravishda maydonga tushadi. Uning joriy klubi La Liga bosh sovrini uchun asosiy da’vogarlardan biri. «Manchester Yunayted» esa hali ham oltinchi o‘rin bilan kifoyalanib, yaqin kelajakda kuchli uchlikka ko‘tarila olmasligi aniqlashib bormoqda. Qolaversa, Pogbaning o‘zi klubga taklif qilgan noqulay shartnomasidan so‘ng "mankunianlar" Frenkining "Barsa"dagi shartlariga o‘xshash shartlarni kelishib olishlari haqiqatga yaqin emas.

Hozircha, de Yong uchun kataloniyaliklar bilan qolish istiqboli yorqinroq ko‘rinmoqda, ammo keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy to‘siqlar uning fikrini o‘zgartirishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 06:09, 06.07.2022.
O'qildi: 2806 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.