Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

«PSJ» yangi ustozi Galtye — kim va qanday murabbiy?

«PSJ» yangi ustozi Galtye — kim va qanday murabbiy?

Baho:
+ | -

Kristof Galtye haqida biroz o‘qidim. Ozgina o‘rgandim. Siz bilan bo‘lishay.

Messi, Neymar va albatta Mbappe singari futbolchilarni boshqaradigan Galtye o‘zi qanday murabbiy? Nega aynan u tanlandi?

Ikkinchi savolga javob berish osonroq. Kristof Galtye "Lill" bilan Fransiya chempioni bo‘lgan mavsumda yolg‘iz o‘zi emasdi. U o‘sha vaqtdagi klub sport direktori Luish Kampush bilan birga bunga erishgan. Eng qizig‘i, PSJni qatarlik sarmoyadorlar qo‘lga kiritgandan buyon klub Liga 1 chempionligini faqat ikki bor qo‘ldan chiqargan. Birini esladik, ikkinchisi 2017 yil "Monako" chempion bo‘lganida yuz bergan va (diqqat) o‘shanda ham monakoliklar sport direktori Kampush bo‘lgan. Qizig‘-a!

Luish Kampushni Fransiyada yana "transferlar sehrgari" deyishadi. Sababi tushunarli. U rahbarlik qilgan klublar transfer orqali jamg‘argan mablag‘i milliard yevro atrofida baholanadi. Xullas, shu odam Parijga birinchi keldi. Xelayfiy uni PSJga sport direktor qildi. Tabiiyki, Kampush o‘zining sinalgan sherigi Galtyeni ham Fransiya poytaxtiga olib keldi. Bor gap shu.

Endi birinchi savolga kelsak, unga javob berish qiyin. Galtyeni Simeonening "apgreyd" qilingan versiyasi deydiganlar bor. Bunga uning jamoalari ko‘rsatadigan chuqur himoyaviy o‘yin sabab. Uni Fergyusondan ilhomlangan ham deyishadi. Boisi shotland kabi 4-4-2'da oldinda bir-biriga vaziyat yaratuvchi hujumchilar bilan o‘ynaydi. Yana o‘zi ham Fergini yaxshi ko‘rishini yashirmaydi. Lekin qancha o‘rganmang, tushunishga harakat qilmang Galtye avvalgi ishlarini uzog‘i bor Viktor Osimxen, Nikolya Pepe yoki Yusuf Yaziji kabi futbolchilar bilan qilgan. Endi esa uning qo‘l ostida Messi, Mbappe va Neymar kabi yulduzlar bo‘ladi. Tamomila boshqa daraja. Shuning uchun prognozlash murakkab.

Yana bir nuqta borki, PSJ uni tanlab o‘z siyosatini o‘zgaritayotgan bo‘lishi mumkin. Klubda hali potensiali ishga tushmagan akademiyalar tizimi bor bo‘lib, Galtye bilan bu tomonga ham qarab ko‘rish mumkin. PSJ o‘z egalari uchun doimiy xarajatlar manbai hisoblanadi. Balki shuni o‘zgartirish vaqti kelgandir.

Orif Tolipov

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:46, 07.07.2022.
O'qildi: 3097 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.