Kirish Ro'yxatdan o'tish

Di Mariya Turinga yetib bordi

Di Mariya Turinga yetib bordi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Anxel Di Mariya “Yuventus”ga o‘tishini yakunlash uchun Turinga yetib keldi. Jurnalist Fabrisio Romano o‘yinchining samolyotdan tushayotgani aks etgan videoni tvitterda qoldirdi.

Avvalroq, 8 iyul, juma kuni Di Mariya “Yuventus” bilan shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘lgan edi. Argentinalik futbolchi 1 yil muddatga shartnoma imzolaydi.

1 iyul kuni 34 yoshli argentinalik futbolchining "PSJ" bilan shartnomasi yakunlangani sababli erkin agentga aylandi. U parijliklar safida 2015 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi.

Di Mariya o‘tgan mavsumda 31 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 04:42, 08.07.2022.
O'qildi: 2439 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик