"Real" hujumchisi Luka Yovich "Fiorentina"ga o‘tishga yaqin turibdi.
"Fiorentina" shartnoma imzolash uchun kelgan 24 yoshli serbiyalik futbolchi bilan tushgan suratni chop etdi. Futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda, shundan so‘ng u 2+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolaydi.
Yovich o‘tgan mavsumda "Real" safida barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.