Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya 0-2 Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn 2-2 Indoneziya
10/10 21:00 Qatar 3-1 Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon 4-0 Kuvayt
10/10 21:00 BAA 1-1 KXDR
10/10 23:00 Iroq 1-0 Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay

Duel. Kessie Tchuameniga qarshi

Duel. Kessie Tchuameniga qarshi

Baho:
+ | -

 Davom etayotgan transfer oynasida Ispaniyaning ikki grand klubi birinchilardan bo‘lib markaziy yarim himoyaga e’tibor qaratdi. “Galaktikos” Orelyen Tchuamenini katta summaga xarid qilgan bo‘lsa, “blaugranas” esa Frank Kessie bilan shartnoma imzoladi. Shu sababli, yangi “duel” loyixamizda La Ligaga yangi kelgan 2 futbolchini solishtirib ko‘ramiz.

 Klubdagi o‘yin

Fransiyalik vunderkind Tchuameni klublarda umumiy 132 o‘yinda maydonga tushib 10332 daqiqa vaqt o‘ynagan. Shu daqiqa ichida Orelyen 9 gol va 8 assist amalga oshirib ulgurgan. Shuningdek, uning hisobida 30 sariq va 2 qizil kartochka ham bor.

 “Barselona”ning yangi a’zosi esa 297 o‘yinda maydonga tushib, 48 gol hamda 22 golli uzatma amalga oshirgan. Shuningdek, 46ta sariq hamda 4ta qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan. Bunday ko‘rsatkich uchun futbolchi 23977 daqiqa sarflagan.

Tabiiyki Kessie raqibiga nisbatan oldinroqda harakat qilganligi uchun unda gol va pas tizimidagi ochkosi o‘rtacha vaqtda ham yaxshiroq. Shu sabab gol+pas tizimiga qaramaymiz. Ammo Frank intizom borasida ham raqibidan ustunligi tufayli unga 5 ochko Orelyenga esa 3.

Erishilgan yutuqlar

Tchuameni klublarda bir marta “Monako” bilan  birgalikda Fransiya kubogi finalida ishtirok etgan. Uning yagona jamoaviy sovrini Fransiya bilan 2020-2021 yilgi mavsumdagi millatlar ligasidagi g‘alabasi hisoblanadi. Shuningdek futbolchi 2021 yilda Liga 1ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan. Yana unda 2 ta shaxsiy sovrin mavjud. “Real”da uning bu ko‘rsatkichi ancha yaxshilansa kerak.

 Kessiening sovrinlar muzeyi esa, raqibinikidan ham yomonroq. U yakunlangan mavsumda A Seriyada chempion bo‘lgan va o‘sha yillar A Seriya yil jamoasiga kiritilgan.

Bu jabhada Tchuameni raqibini yaqqol dog‘da qoldirib, o‘z hisobiga 5 ochko yozdirib qo‘ydi. Kessie esa mag‘lubiyat uchun 3 ochko bilan siylanadi.

Termadagi o‘yini

Orelyen termadagi debyutini 21 yosh 7 oy 5 kunligida nishonlagan. Asosiy terma jamoada Tchuameni 12 o‘yin o‘tkazib bitta gol kiritgan. Fransiyalik termada umumn kartochka ishlab olmagan. Shuningdek, vunderkind barcha yoshdagi termalardan chaqiruv olgan.

Kessie esa, terma jamoada debyut o‘yinini o‘tkazgan payti 17 yosh 8 oy 18 kunlik edi. Shundan beri Frank 54 o‘yinda ishtirok etib, 6 gol va 5 golli uzatmaga mualliflik qilgan. U bir marta qizil va 8 marta sariq kartochka ishlab olishga ulgurgan.

Bu safar ikki futbolchiga ham 4 ochkodan berishga qaror qildik. Chunki yarim himoyachilardan biri termada ko‘p o‘yin o‘tkazgan, ammo sovrin yutmagan. Ikkinchisida esa kam o‘yin, ammo bitta kubok bor.

Transfer narxi

“Real” yarim himoyachisi Transfermarkt portalida 60 million yevroga baholanmoqda. Bunday holatlarda futbolchining yoshi albatta hisobga olinadi.

“Barselona” shartnoma imzolagan Kessie o‘sha portalda 45 million yevroga loyiq ko‘rilgan. Tchuamenidan  3 yosh kattaroq ekanligi mana shu joyda uning ustunligiga ishlamadi.

Orelyen bu safar o‘z hisobiga 5 ochko yozdirib qo‘ydi. Frank esa 3 ochkoga ega chiqmoqda.

So‘nggi mavsumdagi o‘yin

Fransuz o‘zining so‘nggi mavsumida “Monako” safida 50ta o‘yin o‘tkazib, 5 gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, uning 12 sariq va 1 ta qizil kartochkasi ham bor. Tchuameni bunday ko‘rsatkich uchun 4230 daqiqa vaqt sarflagan. Yakunlangan mavsumda vunderkind Liga 1ning yil ramziy jamoasidan o‘rin olgan.

Frank Kessie esa “Milan” safida 39 o‘yinda ishtirok etib, 7 gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u 2 sariq va 1 qizil kartochka bilan ham jazolangan. Kessiening A Seriyada chempion bo‘lgani va Italiya chempionati yil jamoasidan o‘rin olganligi haqida bqorida aytib o‘tgan edik.

Bu bosqichda Kessie chempionlik evaziga 5 ochkoni ilib ketdi. Nisbatan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan Tchuameni esa 3 ochkoga rozi bo‘lishga majbur.

Umumiy natija   

Fransiyalik futbolchi 20 ochko jamg‘argan bo‘lsa, “Barselona”ning yangi a’zosi ham huddi shuncha ochko jamg‘arishga erishdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:46, 09.07.2022.
O'qildi: 6834 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.