"Navbahor"ning tojikistonlik 23 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe jamoamizni tark etdi.
U faoliyatini Eronning “Zob Axan” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Panshanbe “Navbahor” tarkibiga 2020 yilning 2-davrasida Tojikistonning “Istiqlol” klubidan kelib qo‘shilgandi.
Tojikistonlik yarim himoyachi O‘zbekiston Superliga bahslarida “lochinlar” tarkibida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2723 daqiqa to‘p tepgan holda, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi. Joriy mavsumda Ehsoni 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 75 daqiqa o‘ynadi.