Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ayaks" asosiy raqobatchisining sardori bilan shartnoma imzolaydi

"Ayaks" asosiy raqobatchisining sardori bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Ayaks" AZ sardori Ouen Veyndal bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi.

22 yoshli chap qanot himoyachisi 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Tomonlar kelishuv haqida tez orada e’lon qilishadi.

O‘tgan mavsumda Veyndal AZ safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "AZ Alkmaar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Transfermarkt portali futbolchini 12 million yevroga baholamoqda. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:08, 12.07.2022.
O'qildi: 1435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.