Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya 0-2 Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn 2-2 Indoneziya
10/10 21:00 Qatar 3-1 Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon 4-0 Kuvayt
10/10 21:00 BAA 1-1 KXDR
10/10 23:00 Iroq 1-0 Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay

APLga qaytgan "o‘rmonchilar" transferlar oynasini "yondirdi"

APLga qaytgan "o‘rmonchilar" transferlar oynasini "yondirdi"

Baho:
+ | -

"Nottingem Forest" Premyer-liga yangi mavsumi oldidan futbolchilar transferi uchun 70 million yevro sarfladi. Jamoa tarkibni "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Bavariya" o‘yinchilari bilan kuchaytirdi.

23 yildan so‘ng Angliyaning yuqori divizioniga qaytgan "Nottingem Forest" yuqori darajadagi o‘yinlar uchun tayyor holatda. Iyun oyining oxiriga kelib jamoa sezilarli darajada zaiflashdi, chunki rahbariyat turli kreditlar olishga majbur bo‘ldi. Biroq klub menejerlari o‘z muxlislarini xafa qilishmayapti - 12 iyulga kelib, jamoada allaqachon bir qator kuchli yangi o‘yinchilar paydo bo‘ldi. Quyida ular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Darvozabon Din Xenderson ("Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan)

2021/22 yilgi mavsum 25 yoshli angliyalik uchun dam olish mavsumi bo‘lib chiqdi. Posbon atigi 5 ta o‘yinda maydonga tushdi, Premyer-ligada bitta ham o‘yin o‘tkazmadi. Din jamoaning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisiga aylangan David De Xea bilan raqobatlasha olmadi. Biroq, Xenderson 2020 yildan beri Angliya terma jamoasiga chaqirilmoqda. Shuning uchun bu darvozabon zaxira o‘rindig‘ida qolishga rozi bo‘lmasligi aniq.

Iyul oyi boshida "o‘rmonchilar" 2019 yildan buyon jamoa darvozasini himoya qilib kelayotgan kongolik posbon Bris Samba klubni tark etgan. Itan Xorvat ham ijaraga berildi. Shu sababli, Xendersonning raqiblari orasida birgina 27 yoshli Jordan Smit bor edi, u o‘tgan mavsumda 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Markaziy himoyachi Mussa Niakate ("Mayns"dan 10 million yevroga sotib olingan)

6 iyul kuni "Nottingem" 26 yoshli fransuz bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi, futbolchi bilan bitim 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. 2018-yilda "Mets"dan xarid qilinganidan buyon Mussa har mavsumda kamida 30 ta o‘yin o‘tkazib, "qizil-oqlar" uchun mustahkam poydevorga aylandi. Whoscored sayti natijalariga ko‘ra 2021/22 yilgi mavsum yakunida Niakate butun faoliyatidagi eng yuqori ballni qo‘lga kiritdi - 6,72. 1,90 sm bo‘yga ega markaziy himoyachi maydonda yaxshi konsentrasiyasi bilan ajralib turadi, u kamdan-kam tarzda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi, faqat paslar bilan bog‘liq muammolarni yaqqol minus sifatida ajratib ko‘rsatish mumkin.

Ayni dam Stiv Kuper ixtiyorida markaziy himoyachilar tanlovida variantlar ko‘p: Jo Uorral, Skott Makkenna, Stiv Kuk, Loik Mbe Soh va Jo Panzo. Lekin Niakate o‘z saviyasi bo‘yicha yuqoridagilardan ustun, shuning uchun u asosiy o‘yinchiga aylanishi kutilmoqda.

O‘ng qanot himoyachisi Neko Uilyams ("Liverpul"dan 20 million yevroga sotib olingan)

UYEls terma jamoasi futbolchisi "Nottingem" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, 20 million yevrodan tashqari “Liverpul” futbolchining keyingi sotuvi summasidan 15 foiz ulushini oladi.

Uilyams Mersisayd klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u o‘z sayohatini "qizillar" lagerida U-19 jamoasi bilan boshlagan. Neko asosiy tarkibda 33 uchrashuvda maydonga tushgan. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida u bir muddat "Fulxem"da ham o‘ynab ko‘rdi, chempionshipda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nekoning asosiy kuchli tomonlari muvozanatli paslar hisoblanadi. U dribling, to‘p va uzatmalarni ham yaxshi nazorat qila oladi. Yurgen Klopp futbolchini qo‘yib yuborish unga oson bo‘lmaganini aytdi:

"Bu Neko uchun ajoyib yangilik bo‘ldi. U o‘sib borayotgan klubga o‘tmoqda. Men "o‘rmonchilar" murabbiyining ashaddiy muxlisiman. U Nekoni akademiyada ishlaganidan beri biladi. Menimcha, ular bir-biriga juda mos.

To‘g‘risini aytsam, Nekoni qo‘yib yuborish oson bo‘lmadi, lekin u muntazam o‘ynashga va jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga loyiq. Uning o‘sishi va rivojlanishida o‘z hissamizni qo‘shganimdan xursandman. Unga faqat muvaffaqiyatlar tilaymiz", — deydi Klopp.

Chap qanot himoyachisi Omar Richards ("Bavariya"dan 8,5 million yevroga sotib olingan)

24 yoshli ingliz futbolchisi "Nottingem" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Myunxen klubi futbolchining keyingi sotuvi summasi sotuvidan 15 foizini oladigan bo‘ldi. Richards “Bavariya”ga 2021 yilning yozida “Reding”dan tekinga o‘tgan edi. Umuman olganda, u mavsum davomida “Bavariya” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U "Bavariya"da muvaffaqiyatsizlikka uchramadi, rotasiya o‘yinchisi sifatida o‘zini yetarlicha oqladi. Richards mohirlik bilan dribling qilishda yaxshi xususiyatga ega, to‘pni yaxshi nazorat qiladi va paslarda kamdan-kam xato qiladi. To‘liq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan taqdirda unga kelajakda katta klub taklif bilan chiqishi aniq.

Kiritildi: 23:46, 13.07.2022.
O'qildi: 8115 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.