Himoyachi Rafael Varan "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik Ten Xag "hammasini yaxshilashi" kerakligini aytdi.
Bir kun oldin Ten Xag "Manchester Yunayted"dagi birinchi o‘yinini o‘tkazdi va Bangkokda "Liverpul"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
"Biz qanday o‘ynashni xohlayotganimizni aniq bilamiz. Murabbiy nima qilishimiz kerakligini juda yaxshi tushuntirdi, bu bizga mutlaqo tushunarli.
Biz juda yaxshi formada bo‘lishimiz kerakligini bilamiz, chunki bunday futbol juda yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi.
Natijadan mamnunmiz, ammo mavsum boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun hali ko‘p mehnat qilishimiz kerakligini bilamiz.
Mavsum oldi mavsumi arang boshlandi, shuning uchun bu faqat boshlanishi, ammo biz qayerga borishni istayotganimizni aniq bilamiz.
Menimcha, biz nima qilishimiz kerakligini aniq bilamiz. Biz hamma narsani yaxshilashimiz kerak.
Bizning bu mavsum uchun ambisiyalarimiz bor, ammo biz kamtarin bo‘lishimiz kerak. Menimcha, bu eng muhimi. Aytganimdek, bu hali boshlanishi va biz hamma narsani yaxshilashimiz kerak", - deya Varanning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.