Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Runi: "Suaresni hurmat qilaman, biroq..."

Runi: "Suaresni hurmat qilaman, biroq..."

Baho:
+ | -1

"Di Si Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ueyn Runi hujumchi Luis Suaresning o‘z jamoasiga o‘tishiga qarshi chiqdi.

Bu haqda angliyalik mutaxassis "Di-Si Yunayted" murabbiyi maqomida "Kolumbus Kryu"ga (2:2) qarshi o‘tkazilgan birinchi o‘yindan so‘ng ma’lum qildi.

"Men Luisni juda hurmat qilaman, u aql bovar qilmaydigan futbolchi, ammo menga g‘alabaga chanqoq futbolchilar kerak. Jamoamizga bizda o‘ynamoqchi bo‘lgan, klubga ko‘p narsa berishga tayyor va har bir uchrashuvda maydonga tushib, har bir mashg‘ulotda qatnasha oladigan futbolchilarni kelishini istayman.

Biz aniq qaysi futbolchilar kerakligini aniqlash ustida qattiq ishlayapmiz. Ishonchim komilki, yaqin kelajakda biz transferlar bo‘yicha bir nechta e’lon qilamiz", - dedi Runi Goal portaliga.

Avvalroq, 35 yoshli Suares faoliyatini MLSda davom ettirish variantini ko‘rib chiqayotganini aytgandi. Urugvaylik futbolchi ​​2021/22 yilgi mavsum yakunida shartnoma muddati tugagani sababli, “Atletiko”ni erkin agent sifatida tark etdi.

Kiritildi: 15:56, 14.07.2022.
O'qildi: 2055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик