Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Joker laqabli futbolchi

Joker laqabli futbolchi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

 Jovane (ba’zi manbalarda men ismning "Jiovanni" deb yozilishini uchratganman, ammo bu yevropacha talaffuz) Braziliyaning Parana shtatida joylashgan Londrina shahrida tug‘ilgan. Bu yerda u mahalliy futbol klubi maktabida mashg‘ulot qila boshladi va 18 yoshida Yevropaga jo‘nadi.

“Milan”

U o‘sha yillarda haqli ravishda dunyoning eng kuchli klub jamoasi hisoblangan Italiyaning "Milan"iga ketdi. To‘g‘risini aytsam, bu transferning ma’nosini haligacha tushunmayapman. Bizning davrimizda "o‘sish uchun" istiqbolli futbolchini sotib olish g‘ayrioddiy narsa emas. Shu bilan birga, chet ellik o‘yinchilar uchun cheklov mavjud edi, Milanda uchta "xorijiy" o‘rinni buyuk "Gollandiya triosi" mustahkam egalladi ("ortiqcha" chet ellik o‘yinchilar Milanda faqat 1992-1993 yilgi mavsumda paydo bo‘ladi).

Elber nafaqat "Milan" uchun birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmagan (bu tushunarli), balki u hech qachon qaydnomaga ham kiritilmagan va 1991-1992 yilgi mavsumda u “Grasshopper”ga ijaraga yuborilgan.

Shveysariyada Elber o‘z qobiliyatini to‘liq namoyish etdi. Sof braziliyalik texnikaga qo‘shimcha ravishda, bu hujumchi yaxshi tezlikka ega edi, yelkama-elka kurashda va "ikkinchi qavatda" yaxshi o‘ynardi. Elber 1991-1992 yilgi mavsumda 13 gol, bir yildan keyin 31 gol, 1993-1994 yilgi mavsumda 26 gol urishga erishgandi.

Shuningdek u Shveysariya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, eng yaxshi xorijlik futbolchi deb topildi va “Grasshopper” chempionat kumushi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

“Shtutgart”

1994-1997 yillar

Jovane Elberning Bundesligaga o‘tishi juda tabiiy ko‘rindi. Braziliyalik birinchi yilni moslashish uchun o‘tkazdi (24 o‘yin, 8 gol), ammo keyingi ikki yilni eng yuqori darajada o‘tkazdi. 1995-1996 yilgi mavsumda Shtutgartda muxlislar "sehrli uchburchak" deb atagan mavsum arafasida kelgan Elber, Freddi Bobich va Krasimir Balakovlar timsolida hujumkor guruh shakllangan edi.

Ushbu uchlik o‘yini 1996-1997 yilgi mavsumda "Shtutgart"ning kamtarona tarkibiga Bundesligada 4-o‘rinni egallash va Germaniya kubogini yutish imkonini berdi. Finalda shvabiyaliklar Kottbusning “Energiya” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi, har ikkala gol ham braziliyalik hujumchi hisobiga yozildi.

Aytgancha, Shtutgartda "Joker" laqabi Elberga berilgan, bunga futbolchining hazillari va g‘ayrioddiy harakatlari sabab bo‘lgan.

"Bavariya"

1997-2003 yillar

"Bavariya"da Elber yaxshi mavsumlar o‘tkazgan (birinchi mavsumda 21 ta gol), jamoada bo‘lganining ikkinchi yilida u Karsten Yanker bilan eng yaxshi to‘purar bo‘ldi va keyinchalik bu unvonni faqat bir marta qo‘ldan boy berdi (1999 yil - mavsum). Aytgancha, bu uning myunxenliklar safidagi birinchi bor 20dan kam gol urishi edi.

"Bavariya" bilan Jovane Elber 15 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan, 4 ta chempionat va 2000-2001 yillardagi Chempionlar ligasi. Elber har bir o‘yinda gol urib (1:0 va 2:1) “Bavariya”ning “Real” ustidan yarim finaldagi g‘alabasini samarali ta’minladi.

Darvoqe, bundan ikki yil avval “Bavariya” ham Chempionlar ligasi finaliga chiqqan, biroq u yerda “Manchester Yunayted”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, qo‘shib berilgan vaqtda ikkita gol o‘tkazib yuborgandi. Elber jarohati tufayli o‘yinda ishtirok etmadi, agar u maydonda bo‘lganida, Yevropaning asosiy kubogi taqdiri butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

“Lion”
2003-2005 yillar

2003-2004 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "Bavariya" gollandiyalik hujumchi Roy Makkayni sotib oldi (o‘sha paytda bu transfer klub tarixidagi eng qimmat transfer edi). 31 yoshli Elber beixtiyor o‘z kelajagi haqida o‘yladi va o‘z vaqtida kelgan "Lion" taklifini qabul qildi.

Jiovane Fransiyada ham yaxshi mavsum bilan boshladi. 39 o‘yinda 15 gol (jamoada Pegi Lyuyinduladan keyingi ikkinchi natija) va chempionlik unvoniga ham ega chiqdi. Biroq, keyin hammasi chappasiga ketdi va o‘sha mavsum hujumchi faoliyatidagi so‘nggi to‘liq mavsum bo‘ldi.

2004 yil avgust oyida Elberning to‘pig‘i singan. Operasiya unchalik muvaffaqiyatli o‘tmadi, buning uchun braziliyalik shifokorlarni aybladi va klub rahbariyatiga xabar bermay Myunxenga ikkinchi operasiyaga jo‘nab ketdi. U bunday o‘zboshimchalik uchun kechirilmadi va Elber 2004-2005 yilgi mavsum uchun ro‘yxatga kirmadi.

Boshqa klublar

"Borussiya Menxengladbax" - 2005 yil.

Kruzeyro - 2005-2006.

Elber 2005 yilning yanvarida, Myonxengladbaxning "Borussiya"si tarkibida maydonga tushdi. Ammo u uchun atigi 5 ta o‘yin o‘tkazdi (birorta ham gol emas) va jamoa murabbiyi bilan mojaro tufayli shartnomani muddatidan oldin bekor qildi.

33 yoshida Elber ilk bor Braziliya chempionatida o‘zini sinab ko‘rdi. U “Kruzeyro” safida yaxshi mavsum o‘tkazdi (40 ta o‘yin, 18 ta gol), biroq uning oxirida oldingi jarohat ta’siri tufayli faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.

Jovane Elber Braziliya terma jamoasida

1998-2001 yillar

Braziliya terma jamoasi safida Elber bor-yo‘g‘i 15 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va nafaqat jahon chempionatlari, balki Janubiy Amerika kubogining final bosqichida ham qatnashmagan. O‘sha yillarda Selesao hujum chizig‘idagi raqobat cheklovli bo‘lgan.

 

Kiritildi: 13:30, 15.07.2022.
O'qildi: 3426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.