Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Maksim Shaskix - "Paxtakor" bosh murabbiyi! (foto)

Maksim Shaskix - "Paxtakor" bosh murabbiyi! (foto)

Baho:
+ | -

"Paxtakor" asosiy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Maksim Shaskix bilan kelishuvga erishildi.

"Futbol bilan shug‘ullanishni "Paxtakor" futbol maktabida boshlagan, professional faoliyatida Kiyevning "Dinamo" klubidagi ajoyib va sermahsul o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Shaskix keyinchalik murabbiylik ishini ham ushbu klubda boshladi. Akademiya jamoalaridan keyin asosiy jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritdi. Keyinchalik Rossiyaning "Rotor" klubida ishladi. Iyun oyidan beri u "Paxtakor"da sport direktori sifatida ishlab kelayotgandi. Bugun "Paxtakor" futbol klubi va Maksim Shaskix o‘rtasida uch yillik shartnomaga imzo chekildi. Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo‘l ostida "Dinamo" Kiyevda o‘ynagan Shaskix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o‘zlashtirgan. U katta klubda akademiyadan asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o‘tishiga yordamlashgan, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni tajribali o‘yinchilar bilan uyg‘unlashtirgan holda ishlashni yaxshi o‘zlashtirgan. Maksim Aleksandrovich "Paxtakor" bilan ko‘plab g‘alabalarga erishadi deb umid qilamiz. Uch yillik shartnoma muddati ham klubimizning Shaskix bilan rejalari ulkanligini ko‘rsatadi.

Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning "Kremen", "Arsenal", "Slavutich", "Karpati", "Lvov", "Vorskla" va LNZ, Rossiyaning "Anji", "Rotor", Gruziyaning "Dinamo" Tbilisi klublarida ishlagan. Shuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlagan.

Shaskixga yordamchi sifatida Vyacheslav Belyayev ishlaydi. U Ukrainaning "Tavriya", "Metallist", Gruziyaning "Dinamo" (Tbilisi) va Rossiyaning "Rotor" klublarida faoliyat yuritgan. Mahalliy mutaxassislardan Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi), Kamoliddin Tojiyev (yordamchi) va Yuriy Siyanov (jismoniy tayyorgarlik) Shaskixga yordam berishda davom etishadi.

Umid qilamizki, Shaskix bilan birgalikda ko‘plab sovrinlarga ega chiqamiz." - deyiladi "Paxtakor" rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 19:22, 15.07.2022.
O'qildi: 4653 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик