Mourinyo qariyb 20 yil top-jamoalarda ishladi – “Chelsi”, “Inter”, “Real”, yana “Chelsi”, “MYU” va hattoki “Tottenxem”. Maksimal turnir vazifalari fonida odatiy holga aylangan va majburiy talabga aylangan bunday hashamatdan so‘ng, yetakchi o‘yinchilar, darajasi bilan ajralib turadigan Pellegrinidan tashqari, jamoada u istaydigan futbolchilar yo‘q. “Chelsi”ga keraksio‘ Abraham va o‘yini chiqmagan, ketish istagidagi Dzanyoloni hisobdan chiqarsa ham bo‘laveradi. Ha, “Speshl 1” qayerga ketayotganini bilardi va “Roma”ning super transferlarni amalga oshira olmasligi ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. Ammo Joze jamoa tarkibini kuchaytirish niyatdan hech qachon voz kechmaydi. Aks holda, u kelasi mavsum Yevropa ligasida o‘ziga yarashadigan natija qayd etishi imkonsiz.
2020 yilning yozida “Roma”ni amerikalik milliarder Den Fridkin sotib oldi va uning boshqaruvidagi eng mashhur transfer “Chelsi”dan 40 million yevroga Temmi Abraxam, “Atalanta”dan Janluka Manchini (21 million) va Jordan Veretuning xaridi bo‘ldi. Rim klubining hozirgi asosiy maqsadi aniq A Seriyaning kuchli 4taligiga kirish va uning hozirgi tarkibi bu maqsadga mos keladimi, bu ritorik savol. Kuchli uchlikka kirgan o‘sha "Napoli" tarkibining narxi - 467 million yevro, "Roma" esa 376 millionga baholanmoqda. Joze bir yillik mehnatidan maksimal darajada “meva” oldi(chempionatda 6-o‘rin) va Konferensiya ligasidagi g‘alaba.
Endi unga yuqori saviyaga da’vogar bo‘lgan kamida bir nechta o‘yinchi kerak va agar klub rahbariyati yoshlar va futbolchilar hisobiga olib pul tejash g‘oyasini ilgari surmasa, Fridkin uni chetlab o‘tishga qodir. Joze yillar davomida Kloppga o‘xshab "Liverpul" bilan yulduz bo‘lmagan futbolchilardan tuzganidek jamoa tuzishi darkor. Ammo Mourinyo Klopp emas va "Roma"ning hozirgi tarkibi Yurgen qo‘li ostidagi mersisaydliklar tarkibi darajasiga yetib bora olmaydi. Ammo portugaliyalik himoyaga bo‘lgan muhabbati bilan hozirgi jamoasiga hujumkor va ajoyib futbol taqdim etishga harakat qilmoqda. 2019 yilgacha doimiy ravishda A Seriyaning kuchli 3-taligiga kirgan “Roma”ning maqomi o‘z-o‘zidan dalolat beradi. Muxlislar muvaffaqiyatga erishishni xohlashadi, ammo liga yetakchilaridan “Yuventus” uslubidagi loyqalikni va shu bilan birga o‘zlarining transsendental omadlarini kutish bir martalik g‘oya bo‘lib, malakali menejerlar uchun emas. Qolaversa, "Roma"da barkamol qarorlar va harakatlar uchun hamma narsa bordek.
Iyul oyi o‘rtalariga kelib, Djalorossi "Lill"ning o‘ng qanot himoyachisi Mehmet Chelik uchun bor-yo‘g‘i 7 million yevro sarfladi va bu yo‘lda "Manchester Yunayted"dan 33 yoshli Nemanya Matich va "Benfika"ning yosh darvozaboni Mile Svilarni erkin agent sifatida oldi. Ehtimol, vahima qilishga hali erta, chunki avgust oyining oxirigacha hali vaqt bor, lekin odatda hamma may-iyun oylarida yuqori darajadagi trnsferlar haqida biladi va bu amaliyotni "Roma" chetlab o‘tmoqchi bo‘lishi mumkin. Biroq, Italiya OAVlari allaqachon Mourinyo klubning transfer bozoridagi ishidan hafsalasi pir bo‘lganini va bu haqda ochiqchasiga e’lon qilayotganini bong urmoqda. Bunday holda, muayyan shaxs vaziyatning qutqaruvchisi deb ataladi.
Paulo Dibala
Uzoq vaqt davomida abadiy iqtidorli va ambisiyali, hattoki yangi Messi deb atalgan 28 yoshli argentinalik futbolchi shartnomasi yakunlangandan so‘ng “Yuventus”ni tark etdi. Bu haqda may oyida e’lon qilingan va Byankoneri rahbariyatining maslahatlari mart oyidayoq paydo bo‘lgan edi, shuning uchun istaganlar Paulo bilan shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko‘rish va ishlash uchun yetarli vaqtga ega bo‘lishdi. Bahor boshidan beri "Inter" Dibalaning transferi uchun asosiy da’vogar deb ataldi, ammo iyulga kelib u haqidagi mish-mishlar kamaydi. Undan keyin “Man Yunayted”, “Atletiko” va “Arsenal” klublari ham unga qiziqish bildirishdi. Yana bir nechta yirik nomlarni qo‘shish mumkin, ammo bu yerda to‘siq 2022 yil uchun A Seriyada eng ko‘p maosh oladigan futbolchining talablarida yotadi - oyiga 1,13 million yevro. Umuman olganda, Dibala talablarni pasaytirishga hech qanday sabab yo‘q. Agar bu futbolchiga nisbatan yuzaki va kamsituvchi baholarni olib tashlasangiz, top-klublarning 90 foizi uni o‘z tarkibiga qo‘shishni xohlaydi, ammo atigi 10 foizi, shekilli, unga "Yuventus"dagi maoshidan ko‘proq pul to‘lashni xohlaydi.
Axir Paulo, bir qator insayderlarning fikricha, Mourinyoning darajasidagi futbolchi bo‘lishi mumkin. "Roma" bu futbolchining maoshi uchun belbog‘ini mahkam bog‘lashini tasavvur qilish qiyin. Dibala uchun bu transfer so‘zsiz muvaffaqiyatli emas. Sababi “Roma” u uchun faoliyati davomida ortga tashlagan qadami bo‘ladi. Ammo rimliklar uchun Dibala singari nom kerak. Hech bo‘lmaganda Mourinyo erkinroq ish olib borishi uchun.
Yana kimlarni “Roma”da ko‘rishimiz mumkin
Mourinyo uchun ijobiy yangilik, aftidan, u "Real"dan ketgan Iskoni o‘z jamoasida ko‘rishi mumkin. Matbuot Andrea Belotti nomzodi haqida ham gapirmoqda (u Torinoni erkin agent sifatida tark etdi). Taxminlarga ko‘ra, murabbiy italiyalik hujumchi bilan allaqachon gaplashib bo‘lgan, u endi shartnoma taklifini kutmoqda. Shuningdek Xamesni ham A Seriyada ko‘rishimiz mumkin. Kolumbiyalik futbolchi Yevropaga qaytishni istamoqda va "Roma" o‘tish uchun ideal variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Mxitaryan o‘rniga "Roma"ga "Kristal Pelas"dan Vilfrid Zaxa kelishi mumkin - uning narxi sezilarli darajada pasayib ketdi, chunki bir yildan keyin u erkin agentga aylanishi mumkin. Krishtianu Ronaldu haqidagi bema’ni gaplar haqida gapirishning hojati yo‘q.
12 iyul kuni taniqli Janluka Di Marsio Rim klubi "Atalanta" bilan Aleksey Miranchukning ehtimoliy transferi borasida muzokaralar olib borayotganini malum qildi. Keyinroq, LaGazetta dello Sport nashrining aniqlik kiritishicha, rossiyalik yarim himoyachi faqat Mourinyoning qisqa ro‘yxatiga kiritilgan, rimliklar esa Mario Pashalich bilan shartnoma imzolashni ma’qul ko‘rmoqda. Bergamasklar lagerida ular "Roma"dan Aleksey uchun hech qanday taklif olmaganliklarini aytishdi. Rus nashrlari esa, bu holatga real baho berishdi. Ular hamyurti Shomurodov kabi zaxira futbolchisi bo‘lib qolishini istashmaydi va “Verona”, “Salerintana” kabi o‘rtameyona jamoalar Miranchuk uchun yaxshi variant deb hisoblamoqda.