Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Levandovski mashg‘ulotlarda "Bavariya"ga nisbatan hurmatsizlik qilmoqda

Levandovski mashg‘ulotlarda "Bavariya"ga nisbatan hurmatsizlik qilmoqda

Baho:
+ | -

 12 iyul kuni hujumchi Robert Levandovski "Bavariya"da navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va ertasi kuni yozgi ta’tildan keyin jamoaning birinchi mashg‘ulotida qatnashdi. Hech kimga sir emaski, polshalik futbolchi Myunxenni tark etib, “Barselona” safiga qo‘shilmoqchi. Nemis jurnalistlari mashg‘ulotlarda Robert odatdagidek ko‘rinmaganini ta’kidlashdi. Balki, polyakning namoyishkorona xatti-harakati Myunxen klubi uni baribir Ispaniyaga qo‘yib yuborishini ta’minlashga qaratilgandir.

Levandovski mashg‘ulotlarda o‘zini qanday tutdi

Birinchidan, Robert olti daqiqa kechikdi. Aslida bu hech nrsani anglatmaydi. Xo‘sh, bir kishi kechikdi, hamma bilan sodir bo‘lishi mumkin holat. Biroq, Bild nashrining ta’kidlashicha, polshalik mashg‘ulotlarga birinchilardan bo‘lib kelgan. Hozir, jurnalistlarning fikricha, Levandovski allaqachon ruhiy jihatdan boshqa joyda. Robert maksimal kuch sariflamasdan, mashg‘ulotlardan juda xafsalasiz harakatlandi. Hujumchi jamoadoshlari bilan deyarli gaplashmadi - u faqat Leon Goretska va Jamol Musiala bilan gaplashgan. Bundan tashqari, Levandovski bosh murabbiy Yulian Nagelsmann bilan ham gaplashgani yo‘q. Nemis mutaxassisi ko‘rsatma berganida, Robert bunga umuman qiziqmadi. Polshalik muntazam ravishda murabbiyga teskari qarab turgan.

Turli mashg‘ulotlardan so‘ng “Bavariya” futbolchilari ikki tomonlama o‘yin o‘tkazishdi. Levandovski A jamoasiga tushdi, lekin birorta gol urmagan. Matbuot polyakni mashg‘ulot qilmayotganlik va shu bilan jamoaga hurmatsizlik qilayotgani haqida yozmoqda. Levandovski to‘liq kuch bilan harakat qilmadi va keyin, jurnalistlarning fikriga ko‘ra, o‘zining eng yoqimsiz harakatini qildi. Mag‘lubiyatga uchragan jamoa (Robert o‘ynagan jamoa) bir nechta surish mashqlarini bajarishi kerak edi, ammo bu forvardga yoqmadi. U prosedurani bajarishdan bosh tortdi va shunchaki suv idishini qo‘liga ushlagan holda joyidan jilmadi. Futbolchilar juft bo‘lib amalga oshirgan so‘nggi sprint mashqlarida polyak Luka Ernandesdan 15 metrga ortda qoldi.

Levandovski mashg‘ulot tugaganidan 22 daqiqa o‘tib "Bavariya" bazasini tark etdi. U buni barcha futbolchilar orasida birinchi bo‘lib amalga oshirdi. Jurnalistlar bunga misol tariqasida Myunxen klubiga yangi kelgan Sadio Maneni keltirishdi. Senegal bazaga mashg‘ulotlar boshlanishiga 109 daqiqa qolganida etib kelgan va shundan so‘ng u yerda olti soatdan ortiq vaqt o‘tkazgan. Jamoadoshlari Sadio uning jamoadagi ko‘rinishini ishtiyoq bilan qabul qilishdi. Qayd etilishicha, Nagelsmann va futbolchilar Levandovski bilan qanday muomala qilishni bilishmaydi. Ularga ko‘ra, rasmiy o‘yinlarda polyakni yana "Bavariya" libosida ko‘rish imkoniyati deyarli yo‘qdek.

Robert tansoqchi yolladi. Uning oilasi o‘lim bilan tahdid qilinmoqda

Kuzatuvchi nemis jurnalistlari yana bir faktni payqashdi. Ikki kun davomida Levandovski klub tadbirlariga uch xil mashinada keldi. Seshanba kuni futbolchini noma’lum shaxs to‘q yashil rangli “Bentley”da tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib kelgan. Kechqurun Robert sinovning ikkinchi qismiga Audi RS Q8 da yetib keldi. Chorshanba kuni Levandovski mashg‘ulotlarga mustaqil va Audi mashinasida keldi, faqat bu safar avtomobil modeli boshqacha edi - RS GT.

Ma’lum bo‘lishicha, Robert bilan “Bentley”da kelgan erkak uning qo‘riqchisi bo‘lgan. Polyak uni ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta xabarlar olganidan keyin ishga oldi. Muxlislar mavjud vaziyatdan norozi bo‘lib, futbolchining oilasiga zo‘ravonlik bilan tahdid qilmoqda. Shu sababli hujumchi tansoqchining yordamiga murojaat qilgan. Ma’lum qilinishicha, ayni damda futbolchining oilasi Germaniyada emas - xavfsizlik nuqtai nazaridan. Barcha vaziyatlarni hisobga olsak, Levandovski yaqin orada klubini o‘zgartirmasligiga shubha yo‘q.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:50, 16.07.2022.
O'qildi: 2658 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.