Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Bavariya» bosh murabbiyining yangi muhabbat qissasi

«Bavariya» bosh murabbiyining yangi muhabbat qissasi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann va klub haqida yozgan jurnalist ayol o‘rtasida muhabbat nish urmoqdami?

Shunday bo‘lsa, ayol bu sevgi yo‘lida ilk to‘siqqa duch keldi - uni Myunxen klubi bilan ishlash vakolatidan mahrum qilishdi. Manfaatlar mojarosimi?

Yosh murabbiy Yulian Nagelsmanning shaxsiy hayotida katta o‘zgarishlar bor. Bild nash­ri jurnalistlari Kristian Falk va Tobias Altsheffl iyun oyi boshida «Bavariya» ustozi 15 yillik turmushdan so‘ng rafiqasi Verena bilan ajrashgani haqida xabar berishdi. Shundan ko‘p o‘tmay, Sport1 nashrida murabbiyning shaxsiy hayotiga doir yana bir ma’lumot paydo bo‘ldi: «Nagelsmann endilikda Bild jurnalisti Lena Vursenberger bilan uchrashmoqda». U «Bavariya» haqida yozishga mas’ul edi. Tez orada Yulian va Lenaning dam olish vaqti yaxtada tushgan suratlari ham keng tarqaldi. 

Bild tahririyati bunga darhol munosabat bildirib, barchasini tasdiqladi:

*** Gazetada yozilishicha, juftlik o‘rtasidagi aloqalar ovoza bo‘lgach, Lena darhol «Bavariya»ga daxldor yangiliklarni yoritish vakolatidan mahrum qilindi.

*** Yulian Nagelsmann va Lena Vursenberger hozir ta’tilni Ibisada birga o‘tkazishmoqda.

Bild nashridan farqli o‘laroq, «Bavariya»da yangi muhabbat qissasidan ko‘pchilik xabardor edi. Qayd etilishicha, Nagelsmann anchagacha barchasini sir tutishga uringan, lekin oxir-oqibat, hayotidagi o‘zgarishlarni klub rahbarlariga aytishdan o‘zga chora topolmagan. Ma’lumot uchun, Yulianning avvalgi turmushidan ikki farzandi bor - o‘g‘li 7 yoshda, qizalog‘i atigi 2 yoshda. «Bavariya» bosh murabbiyi sobiq rafiqasi bilan maktabda tanishgan va 2018 yili oila qurgandi. To‘g‘ri, Nagelsmann 2019-2021 yillar oralig‘ida Leypsigda yolg‘iz yashadi, zero, Verena farzandlari bilan Myunxenda qolgandi. Iyun oyi boshida esa Nagelsmann oilaning umumiy uyidan chiqib ketgani ma’lum bo‘ldi.

Murabbiyning yangi mahbubasiga kelsak, u 30 yoshda (Yulian yaqinda 35 yoshga to‘ladi). Lena avvaliga «Verder» haqida yozgan bo‘lsa, ke­yinchalik Myunxenga ko‘chib o‘tdi va oxirgi 2 yil davomida «Bavariya» o‘yinlarini kuzatib bordi. Umuman, Vursenberger xonim klub futbolchilariga yaxshi tanish. Har holda, ulardan tez-tez intervyu olardi. Misol uchun, Lena yaqinda Bild  uchun jamoaning yangi a’zosi Sadio Mane haqida maqola tayyorlagandi. Endi jurnalist ayol boshqa jamoa bilan ishlashga o‘tsa kerak. Aytgancha, Lena aslida «Bavariya» emas, «Myunxen»ga muxlislik qiladi. Nagelsmann esa bu klubda yoshlar darajasida o‘ynagan va murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Manba: sports.ru, Johongir MIRZO tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:03, 16.07.2022.
O'qildi: 2973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.