Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Dragan Skochich Eron termasidan nimaga iste’foga chiqarilgan edi?

Dragan Skochich Eron termasidan nimaga iste’foga chiqarilgan edi?

Baho:
+ | -

Eron OAVlarida yozilishicha, bugun (yoki juda yaqin kunlarda) terma jamoa bosh murabbiyi Dragan Skochich iste’foga chiqariladi.

Agar chetlatish amalga oshirilsa, Eron termasi JCH final bosqichiga chiqqanlar orasida murabbiyiga javob bergan birinchi jamoa bo‘ladi. Ehtimolki, turnirda ishtirok etishni boshlama y turib, bunday ishga qo‘l urgan yagona jamoa hamdir. Yangi bosh murabbiyning sentyabr oyiga belgilangan FIFA kunlaridagi bitta yig‘in asosida «zayavka» to‘ldirishiga to‘g‘ri keladi. Asosiy tarkibni esa 21 noyabrga belgilangan Angliya termasiga qarshi birinchi o‘yin oldidan 5 kun ichida aniqlashi kerak.

Eronlik hamkasblar Skochichni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror qanday qabul qilingani haqida yozishdi. Eron milliy jamoasining JCHda mamlakatning asosiy siyosiy raqiblari - Angliya va AQSH termalariga qarshi qanday o‘ynashi eng yuqori darajada muhokama qilingan. Eronda bu jamoalarga yutqazish mamlakat obro‘siga zarba sifatida baholanadi. Xullas, ikki nafar futbolchi (ism-sharifi oshkor etilmadi) Prezident devoniga taklif qilingan va ulardan jamoaning musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rishi uchun nimalar zarurligi so‘ralgan. Futbolchilar esa bandlardan biri sifatida murabbiy iste’fosini tilga olishgan. Keyin Prezident devonidan Sport vazirligiga, u yerdan futbol federasiyasiga buyruq tushgan. Oxir-oqibat, salbiy taxminlarga qaramay, Eron termasini saralashning uchinchi bosqichiga olib chiqqan va hal qiluvchi raund yakunlanishiga ikki tur qolgan paytda JCH yo‘llanmani ta’minlagan Skochich ishdan bo‘shatildi. Endi asosiy masala: uning o‘rniga kimni tayinlanishi. Eronda birinchi bo‘lib tilga olinayotgan ikki nomzod - bular antagonist: Karlush Keyrush va Branko Ivankovich. Har ikkisi Eronda ishlagan va milliy jamoani jahon chempionati final raundiga olib chiqqan. Lekin ikkisi bir-biriga sira chiday olmaydi. To‘g‘ri, milliy jamoani mahalliy mutaxassisga topshirish tarafdorlari ham bor. Ammo deylik, Ali Dai taklifdan bosh tortishga ulgurdi. Qisqasi, Eron termasi muxlislarini xavotirli 5 oy kutmoqda.

A.NIKIMBAYEV, «Futbolium»a

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 16.07.2022.
O'qildi: 1755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.