Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" Pau Torres uchun 40-45 million yevro to‘lashga tayyor

"Yuventus" Pau Torres uchun 40-45 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

"Yuventus" "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Eurosport.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi 25 yoshli ispaniyalik uchun 40-45 million yevro taklif qilishga tayyor.

Qayd etilishicha, “Vilyarreal” himoyachi uchun 50 million yevro olmoqchi.

Shu bilan birga, "Manchester Siti" Torres uchun kurashda "Yuventus" bilan raqobatlasha oladi.

Torres o‘tgan mavsumda "sariq suv osti kemasi" safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 15:29, 17.07.2022.
O'qildi: 1817 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик