Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman! "MYU" Lisandro Martines transferini e’lon qildi

Rasman! "MYU" Lisandro Martines transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Ayaks"dan Lisandro Martinesni sotib olganini e’lon qildi.

Ingliz klubi futbolchining transferi bo‘yicha "Ayaks" bilan kelishib olganini ma’lum qildi. "Manchester Yunayted" Lisandro bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olsa, transfer rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, futbolchi hali tibbiy ko‘rikdan o‘tib, Britaniya vizasini olmagan. «Manchester Yunayted» 24 yoshli futbolchi uchun 54+10 million yevro to‘lashi xabar qilingandi.

Lisandro o‘tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha turnirlarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urgan.

U himoya markazida, himoyaning chap qanotida va tayanch zonasida o‘ynay oladi.

Kiritildi: 19:15, 17.07.2022.
O'qildi: 4258 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.