"Liverpul" himoyachisi Ben Devis "Reynjers"ga o‘tadi, deb xabar beradi Sky Sports.
Bitim 4 million funtni tashkil qiladi. 27 yoshli ingliz futbolchisi 2021 yilda 1,5 million funt evaziga "Liverpul"ga o‘tgan edi.
Futbolchi o‘tgan mavsumni "Sheffild"da ijara asosida o‘tkazdi. Klub uchun 21 o‘yinda u 1 ta gol urgan.