Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Akbar To‘rayev: «Birinchi davrada yig‘a olmagan ochkolarimizni ikkinchi davrada yig‘ishga harakat qilamiz»

Akbar To‘rayev: «Birinchi davrada yig‘a olmagan ochkolarimizni ikkinchi davrada yig‘ishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Kecha, 17 iyul sanasida «Neftchi» navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushganligi haqida xabar bergan edik. Uchrashuv yakunidan so‘ng klub asosiy darvozaboni Akbar To‘rayev jamoa matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Akbarjon, yangi murabbiy qo‘l ostida taassurotlar qanday?
— Kuniga ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazilmoqda, kayfiyatlar yaxshi. Yangi bosh murabbiy jismoniy holatlarga urg‘u bergan holda yangi taktik qo‘llanmalar bilan futbolchilarni mashg‘ulotlarda sinamoqda.

— Jamoamizning darvozabonlar murabbiyi Farrux Berdiyev haqida fikrlaringiz?
— 10 kun davomida ishlab kelmoqdamiz, taassurotlar juda yaxshi, o‘zining ishiga professional yondashmoqda, mashg‘ulotlar a’lo darajada ketmoqda.

— Nazorat uchrashuvlarida har ikki o‘yinda ham darvozamizdan birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordik. Bunga sabab nima bo‘lishi mumkin?  
— Nazorat o‘rtoqlik o‘yinlari shu uchun ham kerak deb hisoblayman. Shu orqali murabbiylar himoya chizig‘idagi xatolarni o‘rganishadi, lekin umumiy futbolda jamoaga urilgan golda ko‘proq darvozabon aybdor hisoblanadi, chunki himoyachiga darvoza yaqinida xavf  borligi yoki qayerdadir raqib futbolchisi borligi haqida ogohlatirmagani sabab bo‘lishi mumkin.

— Ikkinchi davraga muxlislar jamoadan ijobiy natijalar kutishyapti.
— Albatta, muxlislar stadionga kelib bizga dalda berib turishsa, nima bo‘lgan taqdirda ham faqat oldinga chorlab turishsa, futbolchilar bor kuchini ishga solib, ularni quvontirishiga va’da beramiz. Hozirgi egallab turgan o‘rnimiz «Neftchi»ga umuman yarashmaydi, bu uchun ikkinchi davra o‘yinlariga yaxlit tarkib tuzilmoqda. Birinchi davradagi xatolarga ikkinchi davrada yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Bundan tashqari, «Istiqlol» stadioniga qaytayotganimiz bizga katta motivasiya beradi. Aytishadiku «Uyda devorlar ham yordam beradi» deb. Birinchi davrada yig‘a olmagan ochkolarimizni ikkinchi davrada yig‘ishga harakat qilamiz, qisqa qilib aytganda, jo‘jani kuzda sanaymiz.  

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 12:36, 18.07.2022.
O'qildi: 1848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик