Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Men uchta Jahon chempionatida penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldim”. Afsonaviy Roberto Badjo hozir qayerda?

“Men uchta Jahon chempionatida penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldim”. Afsonaviy Roberto Badjo hozir qayerda?

Baho:
+ | -

28 yil avval futbol tarixidagi eng hayajonli va unutilmas lahzalardan biri yuz berdi. 1994 yilgi jahon chempionati finalida Braziliya va Italiya terma jamoalari to‘qnash kelishgan. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda raqiblar hisobni ocha olishmadi. Penaltilar seriyasi esa juda dramatik bo‘lib chiqdi. Jamoalarning bittadan zarbasi qolga va hisob 3:2 Braziliya foydasiga.

Roberto Badjo to‘pga yaqinlashdi va bor kuchi bilan uni darvozadan yuqoriga yo‘lladi. Braziliyalik darvozabon tiz cho‘kib, qo‘llarini osmonga ko‘tardi, italiyalik esa boshini egib 11 metrlik "nuqta"da qoldi. O‘sha kuni terma jamoa safida so‘nggi o‘yinni o‘tkazgan Italiya terma jamoasi sardori Franko Baresi faoliyatida ilk bor yig‘ladi.

Badjo penaltini golga aylantirgan taqdirda ham Braziliyada bu masalani yakuniy g‘alabaga olib chiqish imkoniyati bo‘lardi.

Hammasi noto‘g‘ri fikrlashda edi: turnir oldidan futbolchilar qur’a orqali o‘zlariga raqam tanlashgan va Roberto 17-raqamni olgan. Italiyaliklar bosh murabbiyi Arrigo Sakki bu fikrga mutlaqo qo‘shilmagan: 1990 yilgi Jahon chempionatida italiyaliklar yarim finaldan chiqib ketgan va yarim himoyachi Roberto Donadoni Argentina bilan o‘yindan keyingi seriyada asosiy penaltini aniq amalga oshira olmagan.

Aynan u omadsiz deb hisoblana boshlagan 17-raqam ostida o‘ynagan. Italiyaliklar yana qur’a tashlashdi va Badjo ramziy “o‘nlik”ga ega bo‘ldi. 17-raqam yarim himoyachi Alberigo Evaniga taqdim etildi. Ammo taqdirni aldash ish bermadi. “Omadsiz” Evani o‘z penaltini ishonchli tarzda amalga oshirdi, Badjo esa millat qutqaruvchisiga aylana olmadi.

Badjoning o‘zi hozir unchalik ham aybdorlik hissiga ega emas, chunki urilgan gol ham hech narsani kafolatlamas edi. Bu haqda u o‘zining “Osmondagi gol” nomli avtobiografiyasida yozgan.

"Ular finaldan bir lahzani tanlashlari kerak edi va ular mening noaniq zarbamni tanladilar. Bu lahza menga ko‘p yillar davomida ta’sir qildi. Faoliyatimdagi eng yomon daqiqa. Men hali ham u haqida o‘ylayman. Agar faoliyatimdan biror narsani o‘chirish imkoniyati bo‘lsa, bu o‘sha penalti bo‘lardi. To‘p tepish qaroriga kelsak, men charchagandim, lekin men jamoani penaltichisi edim. Va hech qachon javobgarlikdan qochmanganman. Men uchta jahon chempionatida penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldim”.

Taqdir haqiqatan ham ayanchli: 1990 yilgi jahon chempionatining yarim finali va Badjo aytgan uchinchi penaltilar seriyasi 1998 yilda bo‘lib o‘tganini aytib o‘tgan edik. Turnirning chorak finalida Italiya Fransiya bilan 0:0 hisobida o‘ynadi va penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Badjo penaltini aniq amalga oshirdi, ammo bu yarim finalga o‘tish uchun yetarli bo‘lmadi.

Badjo ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritdi va o‘z nomini tarixda abadiy qoldirdi. Ammo futboldagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng u murabbiy bo‘lmadi. 2010 yillar boshida Roberto Italiya milliy futbol federasiyasining texnik direktori lavozimida o‘zini sinab ko‘rdi va u yerda terma jamoaga iqtidorli yoshlarni qidirdi.

Bagjoda murabbiylik lisenziyasi ham bor, lekin hech qanday professional jamoada ishlamagan. Faoliyatini yakunlaganidan keyin afsonaviy italiyalik futboldan uzoqlashdi. U Kaldogno kommunasidagi ranchosida oilasi bilan tabiat qo‘ynida yashayapti.

Hozir Badjo deyarli media maydonida ko‘rinmaydi, garchi u muxlislarga fotosuratlarni taqdim etib tursa-da, u o‘z ijtimoiy tarmoqlarini boshqarishni istamaydi.

Kiritildi: 10:39, 19.07.2022.
O'qildi: 2720 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.